2010-yilgi Sangin havo hujumi atamasi 2010-yil 23-iyuldagi Afgʻonistonning Hilmand viloyati hududida joylashgan Sangin qishlogʻida koʻplab tinch aholi vakillarining bevaqt oʻlimi va jarohatlanishiga sabab boʻlgan NATO hujumiga nisbatan ishlatiladi.

Sangin havo hujumi
Sanalar 2010-yil 23-iyul
Urush yeri Sangin, Hilmand viloyati Afgʻoniston
Natija Taxminan 39-52 kishi oʻldirilgan. Ular asosan ayollar va bolalardan iborat edi.

Afgʻoniston hukumati vertolyotdan uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 52 nafar tinch aholi vakillari halok boʻlganini iddao qilgan[1]. Koʻplab tinch aholi vakillari, jumladan bolalar ham jarohatlangan va Qandahor kasalxonasiga olib kelingan[2][1][3]. Bir necha hafta davomida AQSh harbiylari va Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) rasmiylari ushbu hodisa boʻlganini rad etib kelishdi[4].

Kobulda 200dan 400 nafarga yaqin odam havo hujumida halok boʻlganlarning suratlarini koʻtargan holda tinch aholining chet el qoʻshinlari tomonidan oʻldirilishiga norozilik bildirib koʻchalarga chiqishdi[5][6].

Karzay hukumati voqea joyiga oʻz tergovchilarini yuboradi. Ular raketa zarbasi oqibatida 39 nafar tinch aholi halok boʻlgan, degan xulosaga kelishadi. Ushbu raqam dastlab xabar qilingan 45-52 nafardan ancha kam edi. Tergovchilarning xulosasiga koʻra, halok boʻlgan 39 kishining barchasi ayollar va bolalar edi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Jon Boone in Kabul and Ali Safi in Kandahar. „Helmand residents accuse NATO of deliberate attack on civilians killing 52 « RAWA News“. Rawa.org. Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.
  2. Loyn, David „BBC News - Nato probes reports raid killed 45 Afghan civilians“. Bbc.co.uk (25-iyul 2010-yil). Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.
  3. „7 children injured in troops-militants battle in S. Afghanistan“. News.xinhuanet.com (24-iyul 2010-yil). 26-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.
  4. „NATO Expresses Regrets Over Afghan Civilian Deaths In Military Operation“. Rttnews.com. Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.
  5. „Demonstrators hit the streets of Kabul“. Itn.co.uk (1-avgust 2010-yil). Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.[sayt ishlamaydi]
  6. „Stories:Afghans protest alleged NATO civilian deaths“. Australia Network News (2-avgust 2010-yil). 7-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.

Havolalar

tahrir