Sanginning qulashi
Afgʻonistonning Hilmand viloyatida joylashgan Sangin shahri 2017-yil 23-mart kuni Tolibon tomonidan bosib olingan edi. Shaharni egallash jarayonida Tolibon ikki oy davomida shaharga yangi hujumlarni amalga oshirgan edi[7].
Sanginning qulashi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Afgʻonistondagi urush (2001—2021)ning bir qismi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Tolibon | Afgʻoniston Islom Respublikasi Qoʻllovchi: AQSh | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Mulla Ogʻa †[1] (Hilmand viloyatining Tolibon tayinlagan gubernatori) |
Muhammad Rasul[2] (Sangin politsiya boshligʻi) | ||||||
Harbiy birliklar | |||||||
Qizil guruh, en (Tolibon maxsus kuchlari)[3] | Afgʻon Milliy xavfsizlik kuchlari en | ||||||
Kuchlar | |||||||
Noma’lum | 30 askar va 8 politsiya ofitseri (chekinish davridagi hisob)[4] | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
32 qurbon, 40 yarador[5] | 100+KIA[6] | ||||||
Ma’lumot berilmagan |
Ilk hujumlar
tahrirYanvar oyida Tolibon jangarilari Sangindagi hukumat pozitsiyalariga kuchli hujum uyushtirib, 100dan ortiq askar va politsiyachilarni oʻldirgan. Jangarilar qoʻshimcha kuchlar va havo yordami bilan ortga qaytarilgan edi. Rasmiylarning aytishicha, jangarilar frontdagi hukumat nazorat punktlariga borish uchun xususiy uylarda qazilgan tunnellardan foydalangan[6]. 31-yanvar kungi toʻqnashuvlarda Tolibonning 19 jangarisi oʻldirilgan, 25 nafari yaralangan. Toʻqnashuvlar chogʻida 2 nafar hukumat askari oʻldirilib, ikki nafari yaralandi[8].
2-fevral kuni Sangin tumanidagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum chogʻida kamida 32 nafar, jumladan 3 nafar qoʻmondon, Tolibon isyonchisi oʻldirilgan, yana 40 nafari yaralangan”, - deyiladi viloyat gubernatori bayonotida[5]. 11-fevral kuni Hilmand viloyati gubernatori Hayatulloh Hayotning ma’lum qilishicha, tunda xorijiy harbiy havo kuchlari qoʻllovi bilan uyushtirilgan xavfsizlik amaliyotlarida kamida 60 nafar Tolibon jangarisi oʻldirilgan. Tinch aholi orasida ham qurbonlar boʻlgan[9]. Keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistondagi missiyasi AQShning Sangindagi havo hujumlari 9–10-fevral kunlari sodir boʻlganini ma’lum qildi. Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, havo hujumlarida kamida 18 nafar tinch aholi halok boʻlgan va ularning deyarli barchasi ayollar va bolalar edi[10].
Shaharning qulashi
tahrirSangin atrofidagi hududlar bir necha yillardan buyon Tolibon harakatining qaynoq nuqtasi boʻlib kelayotgan edi. Tumanning oʻzida Afgʻonistondagi boshqa tumanlarga qaraganda koʻproq Britaniya va AQSh dengiz piyodalari oʻldirilgan[11]. Xabarlarga koʻra, isyonchilarning takroriy hujumlari qaytarilganidan soʻng shaharni himoya qilish vazifasi yuklatilgan hukumat kuchlari birinchi kechadayoq ortga chekinib, 23-mart kuni erta tongda Tolibonga nazoratni qoʻlga olish imkonini berishgan[12].
Oqibat
tahrirShahar Lashkargohga olib boradigan yoʻlda joylashganligi sababli Sanginning boy berilishi Afgʻoniston hukumati uchun katta muvafaqqiyatsizlik sifatida talqin qilindi. Ushbu gʻalaba Tolibonning Hilmand va Qandahor viloyatlariga keyingi yurishlari uchun yoʻl ochishi mumkin edi[13]. Avvalroq Afgʻonistondagi Britaniya kuchlariga qoʻmondonlik qilgan polkovnik Richard Kempning aytishicha, Britaniya va Amerika qoʻshinlari “oʻta xavfli oʻtish davridan oʻtib olish uchun Afgʻonistonda koʻproq sonda qolishlari kerak” edi[14]. Mart oyida qoʻshinlar olib chiqilganidan keyin Sangin politsiyasi boshligʻi Muhammad Rasul xavfsizlik kuchlari “tumanni qaytarib olish uchun qoʻshimcha kuchlar tayyorlanayotgan”ini aytgan boʻlsa-da, hech qanday muhim chora koʻrilmadi[4]. 2017-yil aprel oyida ANA 215 korpusining 300 nafar dengiz piyodalari jangovar boʻlmagan qoʻllab-quvvatlash maqomida mintaqadagi Shorabak kampiga (sobiq Kamp Bastion) kela boshladi[15].
Manbalar
tahrir- ↑ „Taliban Governor among 12 killed in S. Afghan province“. Afghan Online Press (14-yanvar 2017-yil).
- ↑ „Afghan Taliban signal growing strength by capturing key Sangin district“. Hindustan Times (23-mart 2017-yil).
- ↑ „Taliban 'special forces' lead Helmand assault: Afghan officials“. Reuters (14-avgust 2016-yil).
- ↑ 4,0 4,1 „Afghan Taliban seize key district where UK lost 104 soldiers | World news“. Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „32 Taliban Insurgents Killed in Sangin Clash“. Tolonews (2-fevral 2017-yil).
- ↑ 6,0 6,1 „Afghan forces withdraw from key district in embattled Helmand province“. The Washington Post (23-mart 2017-yil).
- ↑ „Taliban overtakes Sangin district in Helmand province, Afghanistan“. UPI (23-mart 2017-yil).
- ↑ „19 militants killed, 25 injured in Sangin battle“. Pajhwok News (31-yanvar 2017-yil).
- ↑ „60 Taliban killed in Sangin airstrike, says governor“. Pajhwok News (11-fevral 2017-yil).
- ↑ „A U.S. airstrike may have killed 18 civilians, 'nearly all women and children,' UN report says“. Los Angeles Times (13-fevral 2017-yil).
- ↑ „Taliban Take an Afghan District, Sangin, That Many Marines Died to Keep“. Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
- ↑ Azami, Dawood „Why Sangin's fall to the Taliban matters“. BBC News. Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
- ↑ „Fall of Sangin - Newspaper“. Dawn.com (25-fevral 2017-yil). Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
- ↑ Raf Sanchez. „Russia 'may be helping supply Taliban', says US general, as militants capture strategic district of Sangin“. The Daily Telegraph (23-mart 2017-yil). Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
- ↑ „'It feels like Groundhog Day': US Marines return to Helmand province“ (30-aprel 2017-yil). Qaraldi: 3-iyun 2017-yil.