Sanjar Yanishev (1972-yil, Toshkent) — rus shoiri, oʻzbek tilidan tarjimon. Toshkent universitetining rus filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1995-yildan Moskvaga ko‘chib o‘tdi.

Sanjar Yanishev
Tavalludi 1972-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Ijod qilgan tillari rus
Fuqaroligi SSSR, Oʻzbekiston, Rossiya
Faoliyat turi shoir, tarjimon

„Toshkent sheʼriyat maktabi“ uyushmasi, „Kichik ipak yo‘li“ Toshkent ochiq sheʼriyat va almanax festivali asoschilaridan biri. Oʻzbekiston zamonaviy sheʼriyatining ikki tilli „Anor / Granat“ antologiyasi tuzuvchisi (M., 2009-yil). „O‘ttiz avlod“ guruhining vakili. 2001-yil uchun „Triumf“ rag‘batlantiruvchi yoshlar mukofoti sovrindori. Sheʼrlari va tarjimalari „Sharq yulduzi“ (O‘zbekiston), „Znamya“, „Oktabr“, „Arion“, „Xalqlar do‘stligi“, „Yangi dunyo“, „Yangi yosh“ (Rossiya), „Kitobsevar“ (Qozog‘iston), „Interpoeziya“ (AQSh), „Kichik ipak yo‘li“ almanaxi (O‘zbekiston),  „10/30“ antologiyalari (M., 2001-yil), „Contemporary Russian poetry“ (2008-yil), „Anor/Granat“ (M., 2009-yil) va boshqa jurnallarda chop etilgan.

Asarlari tahrir

  • Qurt“ (Sankt-Peterburg, 2000-yil)
  • Orfeyning naqshlari“ (M., 2003-yil)
  • Doimiy bog‘“ (M., 2005-yil)
  • Tabiat“ (M., 2007-yil)
  • Yanishev Sanjar. Sheʼrlar. — M.: Art House Media, 2010. — 200 b. — ISBN 978-5-902976-49-3.

Havolalar tahrir