Sanksiya — huquqbuzarga nisbatan qoʻllanadigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.[1] Sanskiya xarakteri va qaysi organ tomonidan qoʻllanilishiga qarab jinoiy-huquqiy, maʼmuriy-huquqiy, intizomiy-huquqiy, mulkiy sanskiyaga boʻlinadi.

  • Jinoiy-huquqiy sanskiya (ozodlikdan mahrum qilish, surgun va hokazolar) faqat sud tomonidan qoʻllanadi.
  • Maʼmuriy-huquqiy sanskiya (jarima, maʼmuriy qamoq) militsiya, politsiya, davlat inspeksiyasi va shu kabilar tomonidan qoʻllanadi.
  • Intizomiy-huquqiy sanskiya (lavozimini pasaytirish, ishdan boʻshatish) — mansabdor shaxslar va maʼmuriyat tomonidan qoʻllanadi.
  • Mulkiy sanskiya (masalan, qoida buzuvchining jabrlanuvchiga yetkazilgan ziyonni toʻlashi yoki jabrlanuvchi foydasiga undirib berilishi, bitim, shartnoma yoki kontraktni haqiqiy emas deb topish, neustoyka toʻlash va shu kabilar) sud, xoʻjalik sudi tomonidan alohida chora sifatida yoki boshqa choralar bilan birgalikda qoʻllanadi.

Xususan, sanksiyalar mazmuniga ham ko'ra ma'lum turlarga bo'linadi:

1) Mutlaq - aniq sanktsiyali huquq normalarida davlatning aniq bitta majburlov chorasi koʼrsatiladi

2) Nisbiy - aniq sanktsiyali huquq normalari esa turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy taʼsir choralaridan birini qoʼllashni nazarda tutadi

3) Kumulyativ - huquq normalari oʼzida asosiy jazodan tashqari qoʼshimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi.

Manbalar

tahrir
  1. "Sanksiya". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.