Sankt-Peterburg teleminorasi
Sankt-Peterburg teleminorasi (toʻliq nomi – Leningrad radio va televideniye uzatish markazining teleminorasi – Rossiya televideniye va radioeshittirish tarmogʻi (RTRS) Federal davlat unitar korxonasining Sankt-Peterburg mintaqaviy markazi filiali[2][3]) – 1956—1962-yillarda Leningrad va Leningrad viloyatiga televideniye va radioeshittirish uchun Sankt-Peterburgda poʻlat minora qurildi. Teleminora Aptekar oroli, akademik Pavlov koʻchasi, 3-uyda joylashgan. Bino 2017-yilgacha shaharning eng yuqori muhandislik inshooti[4] edi.
Sankt-Peterburg teleminorasi | |
---|---|
Санкт-Петербургская телебашня | |
Eski nomlari | Leningrad teleminorasi |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | teleminora |
Manzili | Aptekar oroli, akademik Pavlov koʻchasi, 3 |
Shahar | Sankt-Peterburg |
Mamlakat | Rossiya |
Qurilishi boshlangan | 1953 |
Qurilishi tugagan | 1962 |
Egasi | Rossiya teleradio markazi |
Filial | Sankt-Peterburg RM |
Balandligi | |
Balandligi | 312,8 metr[1] |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | V. S. Vasilkovskiy |
Quruvchi | Dnepropetrovsk metallkonstruksiyalar zavodi |
Sankt-Peterburg teleminorasi |
Teleminora arxitektori – RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist V. S. Vasilkovskiydir.
Minoraning tarixi va xususiyatlari
tahrir1952-yil 26-yanvar Leningradda yangi televizion markaz uchun teleminora qurish toʻgʻrisidagi SSSR Vazirlar Kengashining buyrugʻi chiqarilgan[5]. Minora loyihasi „UkrNIIproyektstalkonstruktsiya“ instituti tomonidan ishlab chiqilgan; minorani qurilish I. V. Babushkina nomidagi „Dnepropetrovsk metallkonstruksiyalar zavodi“ tomonidan amalga oshirilgan[6]. Butun struktura murvatli ulanishlarsiz toʻliq payvandlab chiqilgan. Taxminan 200 metr balandlikda, uch qavatli „shisha“ ofis maydoni mavjud boʻlib, u yerda ikkita tezyurar liftlar – minora simmetriya oʻqi boʻylab vertikal quvurga oʻrnatilgan. Teleminorani oʻrnatish 1956-yildan 1962-yilgacha amalga oshirildi.
Minoradan teleeshittirish 1963-yil 23-fevralda boshlangan[5][7]. 1964-yil 1-yanvardan boshlab teleminora yuqori balandlikdagi ob-havo stansiyasining funksiyalarini bajarishga kirishdi. Unda gradiyent meteorologik oʻlchovlar turli darajalarda amalga oshirila boshlandi[8].
Oʻsha paytda Leningrad minorasi Yevropadagi eng baland bino boʻlib, u Eyfel minorasidan bir necha metr baland edi[5][7]. Unda eshittirish havo qamrovining radiusi taxminan 100 kmni tashkil etadi[9].
Dastlab minora 301,5 metr balandlikga ega edi (uzatuvchi televizion antennani hisobga olmagan holatda yuqoridagi platformaning balandligi), 1986-yil avgust oyida antennani zamonaviyroqqa almashtiriladi va bino balandligi 310 metrni tashkil etdi[7] (misol uchun, Eyfel minorasining balandligi 2000-yilda unga yangi antenna oʻrnatilgandan keyin 324 metrgacha koʻtarilgan[10]). Sankt-Peterburg teleminorasida antennani yangilash boʻyicha yana bir operatsiya 2001-yil 17-dekabrda amalga oshirildi[5] va 2011-yil 28-iyunda ushbu antenna yangi keng polosali UHF antennasi bilan almashtirildi, u ikkita analog TV-3 va NTV TVK 27 va 33 telekanallarini, shuningdek, RTRS-1, RTRS-2 (birinchi va ikkinchi multipleks) 35 va 45 TVK DVB-T2[11] raqamli teledastur paketlarni efirga uzatiladi. Natijada minoraning balandligi (antenna majmuasi bilan birga) 312,8 metrni tashkil etdi. Barcha oʻzgarishlar vertolyotda amalga oshirildi. 2019-yilning birinchi choragi holatiga koʻra, LRTPM teleminorasi 19 ta analog telekanalni, 20 ta federal kanal va 3 ta radiostantsiyadan iborat ikkita raqamli yer usti televizion multipleksini, shuningdek, 27 ta FM radiostantsiyasini efirga uzatadi.
Teleminora yonida ilgari televizor minorasi stadioni joylashgan boʻlib, u koʻpincha konsertlar va festivallar uchun ishlatilgan (hozir bu joy turar-joy maydoni). 2002-yil oxirida teleminoraga badiiy yoritish qurilmalari – Ded Morozning shaharning 300 yilligiga sovgʻasi oʻrnatiladi. 2008-yil iyun oyida MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti va 12-Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi ochilishi kuni yangi meʼmoriy-badiiy yoritgich oʻrnatildi[12].
2017-yil 10-may kuni qurilayotgan „Laxta markazi“ osmonoʻpar binosi balandligi boʻyicha teleminoradan oshib oʻtib, balandligi 327,6 metrga yetdi[13]. Avvalgi rekord jami 55 yil davomida yangilanmagan. Teleminoraning umumiy balandligi 125 metrni tashkil etadi va barcha shahar shpillari orasida eng baland boʻlib qolmoqda. Ikkinchi eng baland minora „Laxta markazi“ ning tepasi boʻlib, balandligi 118 metrdir.
Analog telekanallar roʻyxati
tahrirEshittirish translyatsiyani toʻxtatib turish bilan rejalashtirilgan profilaktika (RPI) vaqtidan tashqari tunu-kun ishlaydi[14][15].
Tartib raqami | TVK raqam | Dastur |
---|---|---|
1 | 22 | Subbota! (soat 5:00 dan 1:00 gacha) |
2 | 31 | 78-kanal |
FM radiostantsiyalar roʻyxati
tahrirEshittirish, translyatsiyani toʻxtatib turish bilan rejalashtirilgan profilaktika (RPI) vaqtidan tashqari[15] tun-u kun ishlaydi. RPI davomida 88 MGts, 88,4 MGts, 100,5 MGts, 100,9 MGts va 107,4 MGts chastotalardagi beshta radiostansiyaning efirga uzatilishi Olgino RTPS ning zahiraviy eshittirish komplekslari tomonidan taʼminlanadi, yaʼni Sankt-Peterburgdagi ushbu beshta radioeshittirish chastotalari kechayu kunduz ishlaydi.
Tartib raqami | Chastotasi, MGts | Dastur |
---|---|---|
1 | 87.5 | Yoʻl radiosi |
2 | 88 | Retro FM |
3 | 88.4 | Avtoradio |
4 | 89.3 | Vesti FM |
5 | 89.7 | Radio Zenith |
6 | 90.1 | Radio Ermitaj |
7 | 90.6 | Radio dlya dvoix |
8 | 92.9 | IZ.RU (ovozli) |
9 | 95 | Radio Energy |
10 | 95.5 | Studio 21 |
11 | 95.9 | Radio Comedy |
12 | 97 | Radio Dacha |
13 | 98.6 | Royalradio |
14 | 99 | Radio Rossii |
15 | 100.5 | Europa Plus |
16 | 100.9 | Piter FM |
17 | 102 | Strana FM |
18 | 102.8 | Maximum |
19 | 103.4 | DFM |
20 | 103.7 | Deti FM |
21 | 104.4 | Radio Chanson |
22 | 104.8 | Like FM |
23 | 105.3 | Radio Lyubov |
24 | 105.9 | Radio Monte Karlo |
25 | 106.3 | Radio Rekord |
26 | 107 | Mayak FM |
27 | 107.4 | Biznes FM |
Raqamli televideniyesi
tahrirSankt-Peterburgda bir qancha raqamli eshittirishlar olib boriladi[9].
Telemedium
tahrirSankt-Peterburgda, 2002-yildan beri 34- kanalda „Telemedium“ kompozitsiya tomonidan DVB-T standartida, 6 ta: TV-21, Fox Kids bolalar kanali, MCM va National Geographic, Euronews va CNBC yer usti raqamli televideniye tijoriy eshittirishlarini yoʻlga qoʻydi[16]. 2008-yil fevral oyida kanal litsenziya buzilishi tufayli yopildi[17].
Birinchi multipleks (RTRS-1 dasturiy paketi)
tahrir2011-yil 7-fevral kuni soat 12:00 da LRTPM teleminorasidan 5 kVt quvvatga ega uzatgich yordamida DVB-T standartidagi birinchi raqamli yer usti eshittirish multipleksining (CETV) sinov translyatsiyasi boshlandi. 2012-yil 19-martda birinchi multipleksning raqamli eshittirishi DVB-T2 standartiga oʻtkazildi.
Birinchi multipleks kanallari roʻyxati: telekanallar – Birinchi kanal, Rossiya-1, Match TV, NTV, Beshinchi kanal, Rossiya-K, Rossiya-24, Karusel, OTR, TV Senter; radiokanallar – Radio Russia, Radio Mayak, Vesti FM.
Ikkinchi multipleks (RTRS-2 dasturiy paketi)
tahrirSankt-Peterburgda 2013-yil 31-dekabrdan boshlab 45-detsimetr kanalida DVB-T2 standartidagi ikkinchi multipleks RTRS-2 raqamli eshittirishi 5 kVt quvvatli uzatgich yordamida amalga oshirildi.
Ikkinchi multipleksning kanallari roʻyxati: telekanallar – REN TV, Spas, STS, Domashniy, TV-3, Pyatnitsa!, Zvezda, Mir, TNT, Muz-TV.
Teleminora fotosuratlari
tahrir-
Teleminoraning vertikal panoramasi
-
Minoraning yuqoridan pastgacha koʻrinishi
-
Muqaddas Isaakiy sobori ustunidan koʻrinish
-
Naberejnaya qalʼasidan koʻrinishi
-
Teleminora kechgi payt
-
Teleminora yoritgichlar va yorugʻlik chiroqlari bilan
-
Mayak muntazam olti burchakli shaklga ega va uch qavatdan iborat
-
Rossiya bayrogʻi koʻrinishidagi mayakning yoritilishi
-
TV minora (125 m)
-
Televizion minoraning asosiy antennasi
Manbalar
tahrir- ↑ Stranitsa bashni na skyscraperpage.com
- ↑ „Radiostansiya „Myod“ — flagman otechestvennogo moщnogo UKV veщaniya“. 29-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
- ↑ Yu. A. Rakin (glavniy injener filiala FGUP RTRS – „Sankt-Peterburgskiy regionalniy sentr“). Radio Sankt-Peterburga: etapi bolshogo puti // Elektrosvyaz, № 5/2003
- ↑ Imenno soorujenie, a ne zdanie, xotya 6-maya 2017 goda stroyaщiysya Лахта-центр prevzoshyol telebashnyu po visote
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „История Филиала «РТРС» «Санкт-Петербургский Региональный центр»“. 2012-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2006-yil.
- ↑ „Перечень изготовленных металлоконструкций ОАО «Днепропетровский завод металлоконструкций им. И. В. Бабушкина» для уникальных, зрелищных и гражданских сооружений“. 2009-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2009-yil.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Leningradskomu radiotelevizionnomu peredayuщemu sentru – 45 let (Wayback Machine saytida 4-aprel 2008-yil sanasida arxivlangan) (intervyu s glavnim injenerom LRTPTs V. A. Baturinim 22-fevralya 2008 g.).
- ↑ Руководитель группы долгосрочных прогнозов Гидрометцентра Н.П. Мироничева. „к 290-летнему юбилею метеостанции Санкт-Петербург | Ofitsialniy portal Severo-Zapadnogo UGMS, prognoz pogodi po Sankt-Peterburgu na troe sutok“. www.meteo.nw.ru (2015-yil 30-noyabr). Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
- ↑ 9,0 9,1 Interaktivnaya karta[sayt ishlamaydi] raschyotnix zon obslujivaniya peredatchikov 35 i 45 TVK LRTPTs.
- ↑ Ofitsialniy sayt Eyfelevoy bashni
- ↑ „Ustanovka antenni na peterburgskuyu telebashnyu proshla uspeshno“. 7-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
- ↑ „На телебашне установлена новая художественная подсветка. 6 июня 2008 года“. 2015-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2015-yil.
- ↑ Skayskreper-siti. Laxta-sentr
- ↑ „Set analogovogo teleradioveщaniya“. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
- ↑ 15,0 15,1 „Grafik kratkovremennix otklyucheniy translyatsii.“. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Оператор цифрового телевещания "Телемедиум" (Петербург) запустил собственные каналы“.
- ↑ Peterburg vernulsya v analogovuyu epoxu
Havolalar
tahrir- VikiOmborda Sankt-Peterburg teleminorasi mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
- „RTRS“ „Sankt-Peterburg teleminoasi hududiy markazi“ rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 14-avgust 2013-yil sanasida arxivlangan)
- Sankt-Peterburg teleminorasi xodimlarining VKontaktedagi guruhi
- Minora fotografiyalari
- Teleminoraning veb-kamera orqali koʻrinishi