Sankt-Peterburgdagi Konstantin Tsiolkovskiy haykali
Sankt-Peterburgdagi Konstantin Tsiolkovskiy haykali ― 2005-yil sentabr oyida oʻrnatilgan. Yodgorlikning oʻrnatilishi K. E. Tsiolkovskiyning tugʻilgan kuniga bagʻishlandi[1].
Yodgorlik NPK „Texnolog“ YoAJ tomonidan shaharga sovgʻa boʻldi[2].
Tarixi
tahrirDastlab yodgorlik Sankt-Peterburgning 100 yilligi munosabati bilan ochilishi rejalashtirilgan edi, ammo uni ishlab chiqarish kechikkanligi uchun ochilishi qoldirildi[2].
Yodgorlik shaharning Admiralteyskiy tumanida, Tsiolkovskiy koʻchasida, 11-uyning atrofidagi Aylanma kanal qirgʻogʻi yonida joylashgan[3].
Yodgorlikning ochilish marosimida K. E. Tsiolkovskiyning nevarasi — Kalugadagi Tsiolkovskiy uy-muzeyi direktori Yelena Timoshenkova ishtirok etdi[1].
Yodgorlik muallifi haykaltarosh Livon Ambartsumovich Beybutyan, meʼmorlari Olga Glazova va Igor Zabolotskiy[4]. Ulardan tashqari arxitektorlar V. K. Romanov, G. K. Bagramyan, P. I. Gil, V. A. Yakovlev, N. V. Xuntsariya, H. I. Abduragimov A. K. Sobirov, I. G. Uralov[2].
Yodgorlikning tavsifi
tahrirYodgorlik K. E. Tsiolkovskiyning toʻliq boʻyli figurasidan iborat boʻlib, butun kul rang granitdan oʻyib ishlangan. Yodgorlikni yaratish uchun granit Vyborg hududlaridan keltirilgan[5].
Tsiolkovskiy huddi kresloda oʻtirgandek holda tasvirlangan, bunda tosh massivi xizmat qilib, undan figura oʻyilgan. Mualliflarning asl gʻoyasiga koʻra, olim kresloda oʻtirgan holda tasvirlanishi kerak edi, u ham toshdan oʻyilgan boʻlishi kerak edi, ammo keyinchalik yodgorlikni ushbu elementsiz qoldirishga qaror qilindi[4].
Olimning tizzasida kitob ham ishlangan[2].
Yodgorlikning uzunligi toʻrt metr, balandligi ikki yarim metr, eni bir yarim metrdan iborat[4]. Yodgorlikning umumiy ogʻirligi 25 tonnani tashkil etadi[2].
Yodgorlik yarim doira shaklidagi yodgorlik platformasida joylashgan boʻlib, unga bir necha pogʻonalar bilan chiqiladi. Butun maydon granit bilan qoplangan. Maydon hududida turli astronomik belgilar va ramzlar tasvirlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „На набережной Обводного канала установлен памятник Циолковскому“ (ru). www.fontanka.ru (2005-yil 16-sentyabr). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Памятник К.Э. Циолковскому Санкт-Петербург“. palmernw.ru. 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „Памятник Циолковскому на Обводном канале“ (ru). peterburg2.ru. 2021-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Памятник К. Э. Циолковскому | Sankt-Peterburg“. Kulturniy turizm. 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „Памятник К. Э. Циолковскому“. www.visit-petersburg.ru. 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.