"SANSHAYN - TURON" (ingl. "TuronQuyosh yogʻdusi") — 3 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy va Usmon Yusupov koʻchalari kesishgan chorrahada joylashgan. 1977-yilda qurilgan. 1977—92 yillar "Leningrad" mehmonxonasi, 1992—2005-yillar "Turon" mehmonxonasi deb atalgan. Qayta taʼmirlanganidan soʻng — 2005-yildan hozirgi nomda. Taʼmirlash loyihasini "TAMAX" shaxsiy firmasi bajardi (2003—04). Taʼmirda yangi qoʻshimcha blok qurildi, xonalar kengaytirildi. Binoning yer osti qavati "A" va "B" bloklardan iborat boʻlib, xollar, qahvaxona-bar, oshxona, suzish havzasi, qoʻshimcha xonalar joylashgan. 1-qavatda vesti-byul, xizmat koʻrsatish majmualari, foye, xoll, restoran, savdo doʻkonlari, sartaroshxona, bar, sogʻlomlashtirish majmuasi, ofislar, qahvaxona, muzokara xonalari va boshqa yordamchi xonalar bor. 3—9-qavatlarda turar joy xonalari joylashgan: 2 oʻrinli 106 ta lyuks, 2 oʻrinli 54 ta yarim lyuks xona, 2 oʻrinli 14 ta apartamentli xonalar barchasi keng, qulayliklarga ega. binoning tashqi qiyofasi sharqona uslubda koʻrkam, salobatlidir.