Sapfa (nem. Zapfen) — mashina, mexanizm, stanoklar oʻqi yoki valining tayanch (mas, podshipnik)larga tayanib turadigan qismi. Oʻq yoki val uchidagi sapfa turum, uchlariga yaqin yoki oʻrta qismidagi sapfa boʻyin, tik valning pastki tomonidagi qismi tovon deb ataladi. Turum va boʻyinlar silindrik, konus va sferik shaklda, tovonlar halqasimon (bitta tayanch sirtli), baʼzan taroqsimon (bir tayanch sirtli) qilib yasaladi. Sapfa ning zarur shakl va oʻlchamdan xiyol boʻlsa ham ogʻishi mexanizmning ishiga salbiy taʼsir qiladi, shuning uchun u juda aniq qilib tayyorlanadi.