Sarah Long (1987-yil 27-aprelda Yangi Zelandiyaning Te Haroto shahrida tugʻilgan) — yangi zelandiyalik professional bokschi va kikbokschi. U hozirgi NZPBA Yangi Zelandiyada milliy ogʻir vazn toifasi chempioni. U Butunjahon boks kengashida 10-oʻrinni[1] va BoxRecda 4-oʻrinni egallagan vaqtida oʻz karyerasining choʻqqisiga chiqqan.

Professional boksdagi faoliyati tahrir

Sarah Long professional boksdagi debyutini 2016-yil 18-iyun kuni Yangi Zelandiyaning uch karra havaskor milliy chempioni Nailini Heluga qarshi oʻtkazdi. Bu Yangi Zelandiyada ayollar boksidagi oʻzgarishlarning boshlanishi edi, chunki bu 10 yil ichida ayollar oʻrtasidagi toʻrtinchi ogʻir vazndagi boks jangi edi. Bu jangdan soʻng ayollar oʻrtasida ogʻir vazn toifasida boks boʻyicha janglar tez-tez uyushtiriladigan boʻldi[2]. Sarah Long jangda bir ovozlik qaror bilan magʻlub boʻldi[3]. Bir necha oy oʻtgach, Long 2016-yil 24-sentabrda Yangi Zelandiyaning yana bir sobiq havaskor milliy chempioni Cheyenne Whaanga bilan uchrashdi. Bu Cheyenne Whaanga faoliyatidagi yagona jang edi. Uzoq vaqt davom etgan jangda Sarah Long yana bir ovozdan magʻlub boʻldi[4]. Ushbu jangdan bir necha hafta oʻtgach, u 2016-yil 8-oktabrda murabbiyi Terry Tuteru koʻrsatgan shouda Hamilton bokschisi Tosh Pakayga qarshi chiqdi. Long bu safargi jangda oʻzining oldingi janglaridan tajribasini qoʻllab, qanchalik yaxshilanganini koʻrsatdi. Raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Long bu jangda bir ovozdan chiqarilgan qaror bilan gʻalaba qozondi[5].

Yangi Zelandiya chempioni tahrir

2017-yilning 10-martida Long Geovana Peresga qarshi maydonga tushdi. Bu vaqtda Geovana faqat bitta havaskor bokschi unvoniga ega edi: oʻtgan yili Shimoliy orolning Oltin qoʻlqop havaskor unvonini qoʻlga kirigandi. Jang haqiqiy shiddatli kurash tusida oʻtdi, lekin oxirida Long bir ovozlik qaror bilan gʻalaba qozondi[6]. Bu jangdan keyin Geovana Peres nafaqat 2 karra Yangi Zelandiya chempioni, balki yengil vazn toifasida WBO yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni boʻldi[7].

Bu Longni karyerasidagi eng katta gʻalaba va professional boksdagi Geovana Peresni magʻlub etgan yagona odamga aylantirdi. 2017-yil 11-noyabrda Long Yangi Zelandiya tarixida boʻlib oʻtgan eng yirik Yangi Zelandiya ayollar chempionlik janglaridan biri uchun NZPBA Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasi unvoni uchun Alrie Meleisea bilan jang qildi. Sarah Long hakamlar yakdil qaroriga koʻra jangda yutqazgan deya eʼlon qilindi[8].

Oxir-oqibat, ikkalasi oʻzlarining revansh jangini keyingi yilning iyun oyida eʼlon qilishdi, ammo Alrie Meleisea onasi jangdan bir hafta oldin vafot etgani sababli chempionlik himoyasida qatnasha olmadi[9]. Alrie oʻz unvonini boʻshatib berdi, bu Sarah Longga boshqa boksicha qarshi unvon uchun kurashish imkoniyatini berdi. 2018-yil 13-oktabr kuni Long, egasiz boʻlgan NZPBA Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasi chempioni unvoni uchun Hamilton bokschisi Ashly Kempbellga qarshi jangga chiqdi. Longning boksdagi mahorati 2016-yildagi debyutidan beri shunchalik yaxshilandiki, u Ashlyni ortda qoldirib, deyarli har bir raundda gʻalaba qozondi. Long yakdil qaror bilan jangda gʻalaba qozondi. Jangdan soʻng, uning oilasi uning chempionlik gʻalabasini birgalikda nishonladi[10].

Jahon reytingi (2019 — hozir) tahrir

2019-yil 28-sentabr kuni Long deyarli 2 yil ichida oʻzining eng katta boksdagi raqibi Alrie Meleiseaga qarshi jang oʻtkazdi. Bu ham Longning deyarli soʻnggi bir yil ichidagi birinchi jangi edi[11]. Jang qiziqarli kechdi, ammo natija bahsli durang bilan yakunlandi. Ushbu 4 raundlik jangda bahsli boʻlishiga sabab bitta hakam barcha raundlarda Alriega ovoz bergan, bitta hakam Longga barcha raundlarda ovoz bergan, oxirgi hakam esa jangga teng 38 — 38 koʻrsatgan. Ikkala taraf ham kartochkalar toʻplanishidan unchalik mamnun emasdi, ammo bu eng adolatli natija boʻldi[12]. 2020-yilda Long Yangi Zelandiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli Yangi Zelandiyada professional boks boʻyicha jang oʻtkaza olmadi. 2021-yil yanvar oyida Butunjahon boks kengashining yanvar oyidagi reytingida Long ogʻir vazndagi ayollar boks boʻyicha jahon reytingida 10-oʻrinni egallashi eʼlon qilindi.

Professional boks unvonlari tahrir

  • Yangi Zelandiya professional boks assotsiatsiyasi
    • Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasi unvoni (185¼ Ibs)

Professional boks statistikasi tahrir

No. Zarbalar hisobi Raqib Jang yakuni Raundlar soni Sana Joy Natija Man.
7 3-3-1    Alrie Meleisea SD 4 28 Sep 2019   ABA maydoni, Auckland, New Zealand Durang [13]
6 3-3   Ashley Campbell UD 8 13 Oct 2018   107 Neilson Street Onehunga, Auckland, New Zealand Gʻalaba
5 2-3    Alrie Meleisea UD 8 11 Nov 2017   ABA maydoni, Auckland, New Zealand Magʻlubiyat [14]
4 2-2    Geovana Peres UD 4 10 Mar 2017   ABA maydoni, Auckland, New Zealand Gʻalaba
3 1-2   Tash Pakai UD 4 8 Oct 2016   Manurewa Netball Centre, Manurewa, New Zealand Gʻalaba
2 0-2   Cheyenne Whaanga UD 4 24 Sep 2016   ABA maydoni, Auckland, New Zealand Magʻlubiyat [15]
1 0-1    Nailini Helu UD 4 18 Jun 2016   Weymouth Cosmopolitan Club, Auckland, New Zealand Magʻlubiyat [16]

Kikboksing tahrir

Kikboksing unvonlari tahrir

  • Xalqaro kikboksing federatsiyasi
    • Ogʻir vazn toifasida Yangi Zelandiya milliy chempioni

Mukofotlari tahrir

  • Gladrap Boxing Awards 2019-yilning eng yaxshi ayol bokschisi (nomzod qilingan)[17]

Manbalar tahrir

  1. „WBC January 2021 ratings“. WBC. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  2. „THE CAREER OF SARAH LONG…. SO FAR“. New Zealand Fighter. 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  3. „Tongan born kiwi wins second Professional boxing bout“. The Coconut TV. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  4. „Nailini Helu Wins first major titles“. Scoop. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  5. „Girls Fight Night Out in Manurewa“. Women Boxing Archive Network. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  6. „Repeat on Women's Heavyweight Bout“. Women's Boxing Archive Network. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  7. „GEOVANA PERES ANNOUNCES HER RETIREMENT“. Gay Express. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  8. „New Zealand Heavyweight (NZPBA Version) Champion Alrie Melesiea, defended her title“. Women Boxing Archive Network. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  9. „Meleisea vs Long II postponed“. Women Boxing Archive Network. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  10. „Sarah Long Out-Points Ashley Campbell for the New Zealand Professional Boxing Association Heavyweight Title“. Women of Boxing. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  11. „Alrie Meleisea returns after 19 month hiatus“. Ring News 24. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  12. „Sarah Long and Alrie Meleisea Rematch Concludes with a Draw“. Women of Boxing. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  13. „Fight 19 - Sarah Long vs Alrie Meleisea Terry Tuteru's Ultimate Rage 8 ABA Stadium 28Sep19“. Gladrap Channel. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  14. „Alrie Meleisea vs Sarah Long - NZPBA Women's Heavyweight Title - RLCA @ ABA Stadium 11Nov17“. Gladrap Channel. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  15. „Cheyenne Whaanga vs Sarah Long 2016“. Gladrap Channel. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  16. „What a long wait, but worth every minute & hour!!!...It's our girl Nailini Helu bringing home the WIN!!!...“. Facebook. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  17. „Gladrap Awards 2019“. Gladrap Channel. Qaraldi: 3-yanvar 2020-yil.