Sari qangli jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Sari qangli jome masjidi
Sari qangli
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Dumalak qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sarikangli mahalla fuqarolar yigʻini Eski Gʻazalkent yoʻli koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Davlatbek domla Berdiqulov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Sari qangli jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Dumalak qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sarikangli mahalla fuqarolar yigʻini Eski Gʻazalkent yoʻli koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Dumalak qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Sarikangli mahalla fuqarolar yigʻini, Eski Gʻazalkent yoʻli mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi yoʻl mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, A. Fitrat mahalla fuqarolar yigʻini, Binokor mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Davlatbek domla Berdiqulov hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Sari qangli jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Jome masjid 2018-yilda qayta taʼmirlandi, 0.40 gektar yeriga qoʻshicha manzarali daraxtlar va turli xildagi gullar ekildi.

Manbalar

tahrir
  1. „САРИ ҚАНГЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „Sari qangli jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.