Sariq quyon (lotincha: Lepus flavigularis) — tovushqonlar oilasiga mansub Lepus jinsining bir turi. Uning yana bir nomlaridan biri tauantepek quyoni boʻlib, u bu nomni oʻzi yashaydigan sohil nomidan olgan.

Sariq quyon
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Tovushqonlar
Urugʻ: Quyonlar
Turlari: Sariq quyon
Xalqaro ilmiy nomi
Lepus flavigularis Wagner, 1844
Areal

Areal tahrir

Sariq quyon Meksika, Oaxaca va Tauantepek koʻrfazi qirgʻogʻida yashaydi. U 500 m dan oshmaydigan balandlikda yashaydi. Hozirgi vaqtda bu quyon ochiq oʻtloqlar va qirgʻoq boʻyidagi oʻtloq qumtepalarda yashaydi.

Sariq quyonning oldingi tarqalishi batafsil hujjatlashtirilmagan, ammo uning tarixiy geografik diapazoni Meksikaning Tinch okeani sohilidagi Tauantepek koʻrfazi Oaxakadagi Salina Kruzdan Chiapasdagi Tonalaga qadar, taxminan 5000 kvadrat kilometrni tashkil etadi[1].

Xulq-atvor tahrir

Ular kun botishida va tunda oʻz hayot tarzini olib boradi. Oʻtlar va boshqa yashil oʻsimliklarni iste'mol qiladi.

Naslchilik mavsumining davomiyligi fevraldan dekabrgacha davom etishi mumkin. Ular uchun yomgʻirli mavsumda (maydan oktyabrgacha) koʻpayishning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Bir qorinda oʻrtacha 2 ta bola boʻladi. Ikkala jinsli quyonchalar ham tugʻilgandan olti-yetti oy oʻtgach jinsiy yetuklikka erishadilar.

Morfologik xususiyatlar tahrir

Umumiy uzunligi 59,5 sm. Kattalarning vazni 3500 dan 4000 grammgacha. Katta quloqlari va oyoqlari bor. Quloqlarning pastki qismidan boshning orqa tomoniga va oq tomonlari boʻlab choʻzilgan ikkita qora chiziq tufayli uni boshqa quyon turlaridan tezda ajratish oson[2]. Qorni oq, orqa tomoni qora chiziqli och jigarrang, dumlari kulrang, dum yuqorisi qora rangda.

Turlarni himoya qilish tahrir

Sariq quyon Meksikaning NOM-059-ECOL-2001 rasmiy hujjatida yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar roʻyxatiga kiritilgan va Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (IUCN) tomonidan yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarning Qizil roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar tahrir

  1. Nelson, E. W. (1909). "The rabbits of North America". North American Fauna. 29: 9–287. doi:10.3996/nafa.29.0001.
  2. Flux, J. E. C. & R. Angermann (1990). "The hares and jackrabbits". In Chapman, J. A. & J. E. C. Flux (eds.). Rabbits, hares, and pikas. Status survey and conservation action plan. Gland, Switzerland: International Union for Conservation of Nature and Natural Resources. pp. 61–94.

Havolalar tahrir