Sarlino Jozeffo
SARLINO (Zarlino) Jozeffo (1517.22.4 - Venetsiya - 1590.14.2) - italyan kompozitori, musiqa nazariyotchisi. SanMarko sobori kapellasi rahbari (1565-yildan). Venetsiya akademiyasining aʼzosi. Diniy messa, motet, dunyoviy mazmundagi madrigallar muallifi. "Garmoniya qoidalari" (1558), "Garmoniya dalillari" (1571) va boshqa asarlarida kontrapunkt (qatʼiy uslub qoidalari), musika shakli (imitatsiya, fuga va boshqalar) hamda garmoniya (akkord, major va minor nazariyasi) taʼlimotlariga asos solgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |