Sarsabilli shoʻrva
Sarsabilli sho‘rva ― Yevropa oshxonasining sabzavotli shoʻrvasi bo‘lib, uning asosiy tarkibiy qismi sarsabil hisoblanadi. Sarsabilli sho‘rvalar odatda pyureli yoki krem sho‘rva ko‘rinishida bo‘lib, sarsabil qaynatmasi (baʼzan po‘stog‘i ham qo‘shiladi), lezon va qaymoq bilan quyuqlashtiriladi. Bu turdagi sho‘rva odatda krutonlar va qovurilgan bekon bilan birga dasturxonga tortiladi[1].
Nemislar oq sparjaga ishtiyoqlari balandligi bilan ajralib turishadi[2], Germaniyada sarsabil „sabzavot malikasi“[3] sifatida tanilgan. Sarsabilli sho‘rva — bu golland sousida tayyorlangan sarsabil bilan bir qatorda sevib isteʼmol qilinadigan mavsumiy taomdir[4]. Germaniyada qadoqlarda sho‘rva konsentratlari sotiladi[5][6].
Manbalar
tahrir- ↑ lecker.de: Klassicheskiy sparjeviy sup-pyure(olm.)
- ↑ Die Welt: Pochemu nemsi tak pomeshani na sparje?(olm.)
- ↑ Informatsionniy portal germania-online: Smakuem po-nemeski: sparja
- ↑ bildderfrau.de: Traditsionnaya belaya sparja s gollandskim sousom (Wayback Machine saytida 2020-10-26 sanasida arxivlangan)(olm.)
- ↑ Federalniy sentr prodovolstviya: Sparja: Pererabotka(olm.)
- ↑ Die Welt: Naskolko vkusni sparjevie supi iz paketika(olm.)
Adabiyotlar
tahrir- Бергер С., Кульзова-Гавличкова Е. и др. „Суп из спаржи“, . Польская кухня. Варшава: Государственное экономическое издательство, 1966 — 126-bet.
- Erhard Gorys. Spargelcremesuppe // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 510. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.