Sasuke Uchiha (yaponcha うちはサスケ) — Naruto va Boruto nomli Manga va Anime seriyasidagi asosiy qahramonlardan biri[1]. Konoha maxfiy qishlogʻidagi Ninza, Uchiha sulolasining soʻnggi aʼzolaridan biri. Butun sulolani qatl qilgan akasi Itachi Uchiha dan qasos olishni maqsad qilgan. Sakura Harunoning turmush oʻrtogʻi, Sarada Uchihaning otasi[2]. Ushbu qahramon Naruto muhlislari orasida mashhurdir.

Sasuke Uchiha
Ijodkor: Masashi Kishimoto
Birinchi tilga olinishi: Manga 1-qism

Anime 3-qism

Jinsi: Erkak
Yashash joyi: Konoha maxfiy qishlog'i
Tugʻilgan kuni: 23-iyul
Oilasi: Fugaku Uchiha (otasi, vafot etgan)

Mikoto Uchiha (onasi, vafot etgan) Itachi Uchiha (akasi, vafot etgan) Sakura Haruno (turmush o'rtog'i)

Farzandlari: Qizi – Sarada Uchiha
Unvoni: Naruto: genin

Naruto Shippuden: genin Naruto Gaiden: jonin

Vikiombori Vikiombordagi fayllar

Kuch va qobiliyatlari tahrir

Sasuke Uchiha sulolasi vakili boʻlgani tufayli toʻrtta asosiy koʻz qobiliyatlaridan biri boʻlgan Sharingandan foydalana oladi. Asosiy elementi olov, ikkinchisi esa elektr. U olov elementini juda yaxshi biladi. Lekin, olov oʻrniga elektr elementidan foydalanadi. Elektr elementi bilan qoʻllaydigan asosiy uslubi Chidori. Akasi Itachini oʻldirganidan keyin Sharinganning yuqori darajasi boʻlgan Mangekyou Sharinganga ega boʻladi. Sasuke Mangekyou Sharingan orqali Susanoʻo va Ametarasuni faollashtira oladi (ushbu uslublarni akasi tufayli qoʻlga kiritgan). IV Katta Ninza Urushida Rinnegan koʻz qobiliyatiga ega boʻladi.

Manbalar tahrir

  1. „Naruto“ (2022-yil 27-may). Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  2. „Saske Uchixa“. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.

Havolalar tahrir

[[Turkum:Manga qahramoni]] [[Turkum:Anime qahramoni]] [[Turkum:Naruto qahramonlari]]