Homare Sava (yaponcha:澤穂希 1978-yil 6-sentabrda tugʻilgan, Fuchu, Tokio) — yaponiyalik futbolchi. 2011-yil Ayollar oʻrtasoda Jahon chempioni, 2010-yil Osiyo oʻyinlari chempioni.

Sawa Homare
Sawa 2015 yligi ayollar o'rtasida jahon chempionati
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi 澤穂希
Tavallud sanasi 6-sentyabr 1978-yil (1978-09-06) (45 yosh)
Tavallud joyi Fuchū, TokioYaponiya Yaponiya
Boʻyi 165 sm
Ampluasi Yarim himoyachi

Sport karyerasi tahrir

Homare uzoq vaqtdan beri Yaponiyada ayollar futbolining eng yaxshi vakili hisoblanib kelinadi. 2004-yilda asli Sawa Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Sawa sportdagi faoliyatini juda erta boshlagan - shuning uchun 12 yoshida milliy chempionatning oliy ligasida ilk oʻyinlarini oʻtkazgan va 15 yoshida u milliy terma jamoadagi oʻyinlarda debyut qilgan hamda Filippin terma jamoasiga toʻrtta gol urgan. Kelajakda Homarening Yaponiya terma jamoasining har qanday yirik turnir uchun arizasidagi oʻrni deyarli ajralmas boʻlib qoladi. Homare beshta jahon chempionati va uchta olimpiadada qatnashgan. Umumiy hisobda Sawa terma jamoa libosida 205 marta maydonga tushib, 83 ta gol urgan.

2011-yilgi Jahon chempionatida Homare jamoa sardori sifatida Yaponiya terma jamoasini turnirda gʻalabaga olib keldi, bu yoʻlda turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va eng foydali futbolchi sovrinini qoʻlga kiritdi. Final uchrashuvining qoʻshimcha taymlarida Sawaning toʻplaridan biri yaponiyalik ayollarga durang keltirganini ham ta’kidlash joiz. 2011-yil oxirida u yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi[1].

Homarening klubdagi faoliyati Yaponiya va AQSH klublarida oʻtgan. Yapon ayol oʻzining barcha jamoalarida asosiy tarkib futbolchisiga aylana olgan edi. 2012-yilning 9-yanvarida Shveysariyaning Syurix shahrida Sawa FIFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi[2]. U Martaning ketma-ket 5 marta FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi ayol oʻyinchisi sovrinlari seriyasini toʻxtatdi shuningdek, jinsidan qatʼiy nazar, yil oxirida yirik individual mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi osiyolik odamga aylandi[3]. Oʻsha yilning fevral oyida Aya Miyama Sawadan Yaponiya terma jamoasi sardori lavozimini qabul qilib oldi[4].

2012-yilgi London Olimpiadasida Yaponiya oltin medal uchun oʻyinda AQSh bilan toʻqnash keldi va 1:2 hisobida magʻlub boʻldi[5]. 2012-yil avgust oyida u xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi[6]. 2012-yil oktabr oyida u 2012-yil FIFAda yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi va ovoz berish natijalariga koʻra 4-oʻrinni egalladi[7].

 

Klubdagi statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Ichki liga Ichki pley off Umumiy
Oʻyin boshidan Daqiqa Gol Assis Oʻyin Boshidan Daqiqa Gol Assis Oʻyin Boshidan Daqiqa Gol Assis
Washington Freedom 2009 WPS 20 20 1800 3 0 1 1 90 0 0 21 21 1890 3 0
Total 20 20 1800 3 0 1 1 90 0 0 21 21 1890 3 0
Umumiy 20 20 1800 3 0 1 1 90 0 0 21 21 1890 3 0
Jamoa Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Umumiy
Ishtirok Gol Ishtirok Gol Ishtirok Gol Ishtirok Gol
Yomiuri Beleza 1991 13 5
1992 20 3
1993 17 5
1994 17 11
1995 18 16
1996 17 14
1997 18 14
1998 16 11
1999 0 0
Umumiy 136 79
Denver Diamonds 1999
2000
Umumiy
Atlanta Beat 2001 19 3 19 3
2002 21 7 21 7
2003 15 3 15 3
Total 55 13 55 13
Nippon TV Beleza 2004 6 5
2005 21 16 5 3 26 19
2006 17 13 3 2 20 15
2007 20 6 4 5 2 0 26 11
2008 21 7 4 1 25 8
Umumiy 85 47 2 0
Washington Freedom 2009 20 3 20 3
Umumiy 20 3 20 3
Nippon TV Beleza 2009 4 2 4 1 8 3
Umumiy 4 2 4 1 8 3
Washington Freedom 2010 21 3 21 3
Umumiy 21 3 21 3
Nippon TV Beleza 2010 1 0 1 0
Umumiy 1 0 1 0
INAC Kobe Leonessa 2011 16 4 4 0 20 4
2012 17 2 3 0 4 0 24 2
2013 6 0
Umumiy 33 6 7 0 10 0 50 6
Umumiy

Manbalar tahrir

  1. „arxiv nusxasi“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  2. https://www.bbc.co.uk/news/16480923
  3. https://www.japantimes.co.jp/sports/2012/01/11/soccer/sawa-messi-named-players-of-year/
  4. https://www.womenssoccerunited.com/aya-miyama-announced-as-new-nadeshiko-japans-captain-homare-sawa-steps-down/
  5. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  6. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  7. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.

Havolalar tahrir