Saxodatxon Muydinova (1952-yil tavallud topgan — vafot sanasi nomaʼlum) — Sovet iqtisodiyoti, davlat va siyosiy arbobi, Kuybishev nomidagi kolxoz brigadiri, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining IX va X chaqiriq deputati, Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashi deputati, KPSS aʼzosi (1986-yildan). Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali sohibi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1][2].

Saxodatxon Muydinova
Tavalludi 1952-yil
Vafoti vafot sanasi noma’lum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni
Mukofotlari

Hayoti va faoliyati

tahrir

1952-yilda O‘zbekiston SSRda (hozirgi O‘zbekistonning Andijon viloyati Marhamat tumanida) o‘rta oilada tug‘ilgan. Millati oʻzbek, ijtimoiy ahvoli — ishchi[1].

Mehnat faoliyatini 1968-yilda Marhamat tumanidagi Kuybishev nomidagi kolxozda tabelchi bo‘lib boshlagan. Buxgalteriya texnikumini tamomlab, qisqa muddatda paxtachilik brigadasiga brigadiri bo‘lib ishga kirdi. O‘tgan asrning 70-yillarida Muydinovaning brigadasi Marhamat tumani paxtakorlari orasida yetakchilikni mustahkam ushlab turgan. Brigada rahbari ikki marta davlat mukofotlari bilan taqdirlangan jumladan, 1976-yildagi mehnat natijalariga ko‘ra Lenin ordeni bilan taqdirlangan[1].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1981-yil 26- fevraldagi Farmoni bilan 1980-yilda rekord miqdorda natija ko‘rsatib — unga ko‘ra 6 million 237 ming tonna paxta, g‘alla va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va davlatga sotishda erishilgan yuksak muvaffaqiyatlar uchun Muydinova Saxodatxon Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1].

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining IX va X chaqiriqlari (1975—1985-yillar) va Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashi deputati, KPSS XXVII s’ezdi delegati (1986-yildan), deputati etib saylangan. Andijon viloyat komsomol qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan[2].

Mukofotlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Saxodatxon Muydinova biografiyasi“.
  2. 2,0 2,1 Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР, 10-го созыв. Ташкент, 1981.