Saydam soyligi - Xitoydagi tektonik botiq. Uzunligi 700 km, eni 300 km gacha, bal. 2600–2900 m. Nanshan, Kunlun, Oltintogʻ togʻlari oʻrab turadi. Tubi tekis. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —11° dan —15° gacha, iyulniki 15—18°. Yillik yogʻin 25–50 mm, sharqida 150 mm gacha. Mayda shoʻr koʻl koʻp. Saydam soyligining aksari qismi toshloq, qumli, gilli choʻl, chala choʻl va shoʻrxokdan iborat. Shim.-gʻarbiy kismi denudatsion tekislik, jan.-sharqi akkumulyativ tekislik. Oʻsimlik kam. Togʻ etaklarida qamish, boshoqlilar, yulgʻun, juzgʻun oʻsadi. Neft va osh tuzi konlari bor.