Sayid ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1][2].

Masjid
Sayid ota jome masjidi
Sayid ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Jamshid domla Ayxodjayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Tarixi

tahrir

Sayid ota jome masjidi Yangiyoʻl tumanining A. Artiqov qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan boʻlib, Zangi otaning toʻrt xalifalaridan biri boʻlgan. Mahalla va jomeʼ masjid ham uning nomi bilan ataladi. 1999-yillarda masjid qayta taʼmirlangan. Sayid ota Turkiston avliyolarining taniqlilaridan biri boʻlib, ismlari Ahmad boʻlgan. Lekin u kishi xalq orasida asosan Sayid ota nomi bilan shuhrat qozongan va Nasabi Buxoroyi sharifning sayyidlaridan boʻlgan. „Samaratul-mashoyix“ kitobida uning shajarasi quyidagicha keltiriladi: Sayid ota alayhir rohma Abu Bakr Rizo ibn Husayn ibn Said Qosim ibn Said Muso Taqiy ibn Said Abdulloh ibn Jaʼfar Jahhod ibn Said Abdulhaq ibn Said Muhammad ibn Said Ibrohim Rizo ibn imom Muso Kozim ibn imom Jaʼfar Sodiq ibn imom Muhammad Boqir ibn imom Zaynul Obidin ibn Amiril mu’minin Husayn ibn Aliyyil Murtazo karramallohu vajhahu rizvanullohi alayhim ajmain. Sayid otaning qachon tugʻilgan yili aniq emas. Baʼzi manbalarda 1323-yilda vafot etganliklari haqida maʼlumot bor. Sayid ota bolalik chogʻidan ilm ola boshlagan. Buxoro madrasalarida zamonasining ulugʻ mudarrislaridan birida ilm oʻrgangan. Aqliy va naqliy bilimlarda yuksak darajaga erishgan. Toshkent yaqinida yashaydigan Zangi otaning ustozlik qila olishligi haqida eshitib, uning huzuriga bormoqchi boʻlishadi. Zangi ota chorvalarini boqib, choʻponlik bilan tirikchilik qilib yurar edi. Talabalar bu ulugʻ zotni butazorlar orasidan oʻtin terib, yigʻib yurgan holatda uchrashishdilar. Salom-alikdan keyin ular Buxorodagi madrasalarning birida zohiriy ilmlardan tahsil olayotganliklari, lekin botiniy bilimga ega boʻlish uchun bir muborak zotni izlayotganliklari haqida soʻzlaydilar. Shundan keyin Zangi ota: "Toʻxtanglar, sizlarni shogird etadigan bir zotni qayerdan topish mumkinligini aytaman", deydi. Shundan soʻng Zangi ota "Bu ishda nasibangiz bizdan boshqasida boʻlmasa kerak", deydi. Bu toʻrt yigit Zangi otaning keyinchalik mashhur toʻrt xalifasi boʻlib yetishadigan Uzun Hasan ota, Sayid Ahmad ota, Sadriddin Muhammad ota, Badriddin Muhammad otalar edi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „САЙИД ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Sayid ota jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.