Sayram Safarova
Sovet kolxozchisi
Sayram Safarova (1924-yil, Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1960)[1].
Sayram Safarova | |
---|---|
Tavalludi |
1924-yil |
Vafoti | Nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirSayram Muhammadaminovna Safarova 1924-yili Jarqoʻrgʻon tumanida tavallud topgan. 1941—1953-yillari Jarqoʻrgʻon tumanidagi Norali Boymurodov nomli (sobiq „Mehnat rohat“) kolxozda kolxozchi, 1953—1955-yillarda shu kolxozning kutubxonasi mudiri, 1955—1963-yillarda kolxoz brigada boshligʻi, 1963—1967-yillarda hisobchi-buxgalter, 1967—1968-yillarda kadrlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlagan. Sayram Safarova boshchiligida brigada paxta hosili yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzSE 1977, s. 549
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.