Selsiy Anders
SELSIY (Celsius) Anders (1701.27.11 - Upsala - 1744.25.4) - shved astronomi va fizigi, Stokgolm Fanlar akademiyasi aʼzosi. Upsaladagi universitetda oʻqigan, shu untda professor (1730-yildan). Upsala astronomik rasadxonasi direktori (1740-yildan). 1736—37 yillarda meridian yoyini oʻlchash boʻyicha Laplandiya ekspeditsiyasida qatnashgan. Ilmiy ishlari astronomiya, geofizika va fizikaga oid. 1742-yilda yuz gradusli temperatura shkalasini taklif qilgan (qarang Gradus).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |