Semyon Lipkin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Semyon Izrailovich Lipkin [1911.6(19).9, Odessa] — rus shoiri, tarjimon. Qalmogʻiston xalq shoiri (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Ijodi 1920-yillarda boshlangan. Dastlab sheʼrlar yozgan. 1934-yildan, asosan, tarjima bilan shugʻullangan. U qalmoq xalq eposi "Jangar" (1940), qirgʻiz eposlari "Manas" (1941), "Rahmdil Manas" (1947), kabardin xalq eposi "Nartlar" (1951), hind xalq eposi "Mahabharata" (1969), Navoiyning "Layli va Majnun", "Sabʼai sayyor", Firdavsiyning "Shohnoma", Haydar Xorazmiyning "Gul va Navroʻz" dostonlarini, shuningdek, Oybek, Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya kabi oʻzbek adabiyeti namoyandalarining baʼzi asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. "Kabardin epik poeziyasi" (1956), "Olti asr ovozi" (1960), "Oltin zanjir. Sharq poemalari" kabi toʻplamlar L. tarjimasida nashr etilgan. (1967), "Bahodir Shovshurning sar-guzashtlari" (1947), "Zulmat shahri malikasi" (1961) kabi qissalar, "Sho-hid" sheʼrlar toʻplami (1967) va bir qancha ocherklar muallifi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |