Semyuel Morze
Semyuel Finli Briz Morze (1791.27.4, Charlotaun — 1872.2.4, NyuYork) — amerika rassomi va telegrafiya sohasidagi ixtirochisi. Tarixiy kompozitsiyalar va portretlar muallifi. Milliy rassomlik akademiyasi (Nyu-York) asoschisi va birinchi prezidenta (1826—45). M. 1837-yil elektromagnit telegraf apparatini ixtiro qilgan, 1838-yil shu apparati uchun Morze kodi (telegraf kodi) ni ishlab chiqqan. Amalda ishlatish uchun yarokli apparatni 1844-yil yaratdi. Morze apparati birinchi marta Vashington — Baltimor telegraf liniyasida ishlatilgan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |