Sendberg Karl
SENDBERG (Sandburg) Karl (1878. 6.1, Geylsberg, Illinoys shtati — 1967.22.7, FletRok, Shimoliy Karolina shtati) — amerikalik shoir, folklorchi. Dastlabki toʻplami — "Chikago haqida sheʼrlar" (1916). "Gʻalla yanchuvchilar" (1918), "Tutun va poʻlat" (1920) va boshqa toʻplamlarida jiddiy ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. S. sheʼriyati uchun urbanizmga xos obrazlilik, tilining "gazetabopligi", folklor qoʻshiqdariga yaqin boʻlgan erkin sheʼr yaratish maxrrati harakterlidir ("Amerikacha qoʻshiqlar toʻplami", 1927). U. Uitmen anʼanalarida yozilgan "Xalqmi ha!" dostoni yozuvchining 20-asr 30y.laridagi keskin ruhiy holatini ifodalaydi. Keyinchalik uning ijodida falsafiy lirika ustunlik qila boshlaydi ("Asal va tuz", 1963). "Xotiralar qoyasi" (1948) tarixiy romani hamda "Avraam Linkoln" tarjimai holi (1—6j.lar, 1926—39) mashhur.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |