Sent-Luisdagi Vashington universiteti
Sent-Luis shahrida joylashgan Vashington universiteti ( WashU yoki Vashington universiteti ) xususiy tadqiqot universiteti boʻlib,uning asosiy hududi Missiuri shtatining Kleyton va Sent Luis okruglarida joylashgan . 1853-yilda asos solingan ushbu universitet Jorj Vashington nomi bilan nomlanadi[1].
Universitetning Danfort hududi 169 gektardan iborat bo`lib,u Vashington universitetining markazida joylashgan va ushbu hudud universitetning ko'pchilik bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun turar joy maskani hisoblanadi. Danfortning o'quv binolari,asosan, Kollegial gotika me'morchiligi uslublariga ega va Forest Park va Sent-Luis, Kleyton va Universitet shahri shaharlari bilan chegaralanadi. Universitet, shuningdek, Kleytonda G'arbiy hududi, Sent-Luisning G`arbiy tugash mahallasida Shimoliy hududi va Sent-Luisning Markaziy G'arbiy tugash mahallasida Tibbiyot hududiga ega. Vashington universitetining tibbiyot hududi 17ta shahar qismlarini va umumiy 164 gektar maydonni egallaydi. Markaz Sent-Luisdagi Vashington universitetining tibbiyot maktabi va unga qarashli shifoxonalar, klinikalar, bemorlarni parvarishlash markazlari va tadqiqot muassasalari uchun maskan hisoblanadi.
Bu yerda AQSHning barcha 50ta shtatlaridan va 120 dan ortiq mamlakatlardan tashrif buyurgan talabalar va oʻqituvchilar mavjud[2]. Vashington universiteti keng qamrovdagi akademik sohalarni o'z ichiga olgan yettita magistratura va bakalavriat maktablaridan iborat[3]. Uning joylashuvi haqida chalkashishni oldini olish maqsadida universitetning vasiylik kengashi 1976 yilda "Sent-Luisda" iborasini qo'shdi[4].
Vashington universiteti 1923-yildan beri Amerika universitetlari assotsiatsiyasining a'zosi bo'lib kelmoqda va "R1: Doktorantura universitetlari - juda yuqori tadqiqot faoliyati" qatoriga kiradi[5][6]. Milliy Fan Jamg'armasi tadqiqot va ishlanmalar (R&D) xarajatlari bo'yicha universitetni Qo'shma Shtatlardagi akademik muassasalar orasida 28-o'ringa qo'ydi[7]. 2022-yilgi holatga ko'ra, iqtisod, fiziologiya va tibbiyot, kimyo va fizika bo'yicha 26 ta Nobel mukofoti sovrindorlari Vashington universiteti bilan aloqador bo'lib, ularning 11 nafari universitetda o'zlarining yangi g`oya va uslublarini o`z ichiga oluvchi tadqiqotlarining asosiy qismini amalga oshirgan[8][9].
Havolalar
tahrir- ↑ Quinn. „Vintage KSDK: The founding of Washington University in St. Louis“ (2022-yil 24-mart). 2022-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
- ↑ „Enrollments, Degrees, and Admissions“. FACTS 2009. 2010-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-yanvar.
- ↑ „Schools and Academic Departments“. Washington University in St. Louis homepage. 2006-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 20-iyul.
- ↑ „Origin of the 'Washington' Name“. Washington University in St. Louis: University Libraries. 2009-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Washington University in St. Louis: Association of American Universities (AAU)“. www.aau.edu. 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Carnegie Classifications Institution Lookup“. carnegieclassifications.iu.edu. Center for Postsecondary Education. 2021-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- ↑ „Rankings by total R&D expenditures“. National Science Foundation. 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
- ↑ „Nobel Prize Winners“. 2018-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-fevral.
- ↑ „Washington University in St. Louis: Nobel Prize awarded to WashU economist Philip Dybvig“ (en-US). India Education (2022-yil 20-oktyabr). — „Dybvig joins a prestigious list of 26 Nobel laureates affiliated with Washington University. Dybvig joined Olin’s faculty in 1990. He previously taught at Princeton University and was tenured at Yale University. He has published two textbooks and more than 35 articles in leading journals.“. 2023-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.