Sergey Badyuk
Sergey Nikolayevich Badyuk (3-iyul 1970-yil, Gibalovka, Shargorod tumani, Ukraina SSR, SSSR) – rossiyalik sportchi, aktyor va jamoat arbobi.
Sergey Badyuk | |
---|---|
Tavalludi |
3-iyul 1970-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Kasbi | sportchi, aktyor |
Hayoti
tahrirBadyuk 1970-yil 3-iyulda Vinnitsa viloyati Shargorod tumani Gibalovka qishlogʻida tugʻilgan. Otasi politsiyachi, onasi ingliz tili oʻqituvchisi [1][2].
1992-yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya akademiyasini „Moliyaviy menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Oʻgʻillari Artyom (2001-yil 5-aprel) [3], Ostap (2004) va Akim (2014).
Faoliyati
tahrir2017-yildan beri Badyuk „ANNA-news“ axborot agentligi tarkibida Suriyadagi koʻngilli harbiy muxbiri[4]. 2017-yil dekabr oyida faol hayot tarzi va ommaviy sport mashgʻulotlarini yorituvchi „Tochka Otriva“ telekanalini boshqargan[5].
2018-yildan beri STS da „Vzveshenniye i schastliviye lyudi“ realiti-shousining boshlovchisi va murabbiy[6].
2018-yilda „Boevie pandi“ bolalar sporti seksiyalari tarmogʻining yuzi va gʻoyaviy ilhomlantiruvchisiga aylandi[7] .
Aktyorlik faoliyati
tahrir2011-yilda „Interni“ teleserialida kichik rol Bikovning koʻp yillik doʻsti, bayker Borov rolini oʻynadi. Oʻsha yili „Terminal“ kriminal serialida rol oʻynadi.
2012-yilda Badyuk ishtirokida 7 ta film chiqdi, ulardan birida – „Svidaniye“ romantik komediyasida bosh roldagi Yekaterina Klimovaning muxlisi rolini oʻynadi. 2014 yilda „Tayniy gorod-2“ ilmiy-fantastik filmida oʻynagan. "Mam " film antologiyasida kichik rolni oʻynadi.
2015-yilda Badyuk „Labirinti lyubvi“ komediyasida, „Pomnyu – ne pomnyu“ va „Rodina“ trillerida rol oʻynagan. 2016-yilda „ Ded Moroz. Bitva Magov“ filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Filmda Badyuk Dobroxot rolini oʻynagan.
2017-yildan 2018-yilgacha temirchi Vakula rolida „Gogol“ seriyali filmlarida suratga tushgan.
2018-yildan 2022-yilgacha „Tochka Otriva“ telekanalining bosh direktori va boshlovchisi boʻlgan[8].
„Nayti i unichtojit“ (2020) filmida ukrainalik qurol sotuvchi Igor Rodin rolini oʻynagan.
Jamoatchilik faoliyati
tahrirJamoatchilik faoliyatida Badyuk jazoni ijro etish muassasalarida mashgʻulotlar va uchrashuvlar oʻtkazadi[9] [10].
Tanqid
tahrirBadyuk rahbarlik qiladigan armlifting federatsiyasining (APL), shuningdek, Kiokushin Budo Kay federatsiyasi veb-saytida Badyukning 5 sport turi boʻyicha sport ustasi[11][12] ekanligi qayd qilingan, ammo tanqidchilar bu maʼlumot hech qayerda hujjatlashtirilmaganligi va Sergey Badyuk Butunrossiya sport turlari reyestrining kiritilmagnligini taʼkidlashgan. 2016-yilda Ukraina Milliy kiokushin karate federatsiyasi saytida Badyuk haqida „uni jang sanʼati va sport olamida jiddiy shaxs sifatida qabul qilish ancha oldinroq toʻxtatilgan“ligi keltirilgan.
2015-yilda Butunjahon Armlifting Assotsiatsiyasi (WAA) tomonidan oʻtkazilgan Sharqiy Yevropa armlifting chempionatida WAA prezidenti lavozimida boʻlgan Sergey Badyuk (oʻsha yili u ushbu lavozimni tark etgan) gʻolibga topshiriladigan, temirdan yasalgan „Rolling Thunder“ snaryadni oʻzlashtirib olgan. Uning bu harakati sportchilar orasida kuchli norozilikni keltirib chiqardi [13] [14] [15] .
Filmografiyasi
tahrirAktyor
tahrir- 2007 – „Savva Morozov“ – Tixon
- 2009 – „Purpurnie oblaka“
- 2009 – „Zabava“
- 2009 – „Antikiller-3“ – Yefim Boroda
- 2009 – „2 dami v Amsterdame“
- 2009 – „Mustang“
- 2011 – „Terminal“ – Girya
- 2011 – „Interni“ (63-seriya) – bayker Borov (O. S. Yakunin)[16]
- 2011—2014 – „Zaysev+1“ – epizod[16]
- 2011 – Shaman
- 2012 – „Svidanie“ – Boris
- 2012 – „Mami“ (Operatsiya „Mama“) – qorovul
- 2012 – „Kremen“ – Sipliy
- 2012 – „Solovey-Razboynik“ – Ignatiy Nikolayevich Krivenko („Molot“)
- 2012 – „Brigada: Naslednik“ – Serega
- 2012 – „Toptuni“ (serial) – Mardan
- 2012 – „Zabava“
- 2013 – „Ssezar“ – kameo
- 2014 – „Tayniy gorod“ – Zorich
- 2015 – „Neformat“ – kameo[16]
- 2015 – „Rodina“ – Timur
- 2015 – „Kajdiy 88“ (qisqa metrajli) – Andre de Marso
- 2015 – „Tretiy poedinok“ – kameo
- 2016 – „Pomnyu ne pomnyu“ – Leopold
- 2016 – „Ded Moroz. Bitva Magov“ – Dobroxot
- 2017 – „Gogol. Nachalo“ – temirchi Vakula
- 2017 – „Opa, Noviy god!“
- 2018 – „Gogol. Viy“ – Vakula
- 2018 – „Poslednyaya missiya“ („Attrition“) – "Gollivud"
- 2018 – „Gogol. Strashnaya mest“ – Vakula
- 2018 – „Bitsuxa“ (teleserial)
- 2019 – „Gogol (teleserial)“ – Vakula
- 2020 – „Serjant (teleserial)“ – Sergey („Pioner“)
- 2020 – „Nayti i unichtojit“ – Igor Rodin
- 2020 – „Xolodes“ (qisqa metrajli) – qassob
- 2021 – „Aleksandr Peresvet – Kulikovo exo“ – Oslyabya
Rejissyor
tahrir- 2012 – „Strana Geroyev“
- 2017 – „Dorogi Sirii“
- 2017 – „Spesialniy reportaj Sergeya Badyuka iz Aleppo“
- 2018 – „I gryanul GROM“
- 2018 – „Nachkar pojarnoy chasti“
- 2019 – „Krapoviy Batya“[17]
- 2019 – „Sergeich“
- 2019 – „Palomnik“ – puteshestvie russkogo svyaщennika v Sirii
- 2019 – „Pravda o stingerax i voyne v Afganistane – istoriya cpesnaza GRU“
- 2019 – „Detektor FSB“
- 2020 – „Angeli“
- 2020 – „MusBat“
Manbalar
tahrir- ↑ „Сергей Бадюк: 10 историй из жизни супергероя Men's Health“. 2017-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
- ↑ «Я был офицером ФСБ, чем горжусь, и мне плевать, кто как к нам относится» ( at elitnoe.ru Error: unknown archive URL 20201031050526 sanasida arxivlangan)(rus.)
- ↑ Сергей Бадюк. „Сергей Бадюк в Инстаграм“ (русский). Instagram. Facebook (2021-yil 5-aprel).
- ↑ „«Опасно, но я привык»: Бадюк рассказал о работе военным корреспондентом в Сирии“ (ru). RT на русском. 2017-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
- ↑ „Сергей Бадюк стал генеральным директором телеканала «Точка отрыва»“ (ru). Издательство «Телеспутник» (2017-yil 26-dekabr). 2017-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-dekabr.
- ↑ „Сергей Бадюк (Актер, Участник, Спортсмен): фото, биография, фильмография, новости - Вокруг ТВ.“ (en). Вокруг ТВ. 2018-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
- ↑ „Томская компания и актер Сергей Бадюк создают сеть детских боевых школ“. РИА Томск (2018-yil 5-avgust). 2018-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-dekabr.
- ↑ „Ведущий Сергей Бадюк стал гендиректором телеканала "Точка отрыва"“ (ru). www.cableman.ru. 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Известный спортсмен Сергей Бадюк посетил исправительные учреждения ГУФСИН России по Новосибирской области“. fsin.su. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ Руслан Маслов. „Сергей Бадюк посетил рыбинскую колонию“. Яррегион (2018-yil 11-may). 2019-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Бадюк Сергей Николаевич Почетный Канчо IBK России“. budokaikan.ru. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-noyabr.
- ↑ „Президент APL“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
- ↑ „«В провинции есть районы, где даже мне появляться страшно». Кто самый сильный человек на русском ТВ“. Sports.ru. 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
- ↑ „Сергей Бадюк: Федора Емельяненко я ставлю в один ряд с Иваном Поддубным и Александром Карелиным“ (ru). Советский спорт. 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
- ↑ „"Интервью": Сергей Бадюк – о совмещении спорта и отдыха“ (ru). m24.ru. 2021-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Сергей Бадюк — фильмы — КиноПоиск“ (ru). КиноПоиск. 2017-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
- ↑ „Федеральная служба войск национальной гвардии Российской Федерации | Krapoviy Batya – chelovek, sozdavshiy spesnaz. S. I. Lisyuk | film Sergeya Badyuka“ (deadlink). rosgvard.ru. 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.