Sergey Vladimirovich Dobrin (ruscha: Серге́й Влади́мирович До́брин; 1986-yil 22-sentyabr, Lipetsk) — yakka holda konkida ushish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. 2006, 2007 va 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori. Sergey Dobrin havaskor sport faoliyatini 2010-yilda yakunlagan.

Sergey Dobrin
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Sergey Dobrin
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Yashash joyi Moskva
Boʻyi 180
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 193.50
Qisqa dastur 66.14
Erkin dastur 130.65

Faoliyati tahrir

2000—2001-yilgi mavsumda Sergey Dobrin „kattalar“ oʻrtasidagi musobqalarda debyut qildi. Oʻsha mavsum uning sport faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli mavsumlardan biri boʻldi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida Sergey Dobrin birinchi oʻrinni egalladi. Shundan soʻng oʻsmirlar oʻrtasida Gran-pri finali boʻlib oʻtdi. Sergey finalda ikkinchi oʻrinni egalladi.

Sergey 2001—2002-yilgi mavsumda birinchi marta Rossiya chempionatida ishtirok etdi va u yerda 9-oʻrinni egalladi.

2002—2003-yilgi mavsum Pokal det Blauen va Shverter Trofeo Rita Trapanese musobaqalaridagi ketma-ket ikkita gʻalaba bilan boshlandi; Sergey Gran-pri finalida ikkinchi oʻrin va Sloveniyaning Bled shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa yoshlar olimpiadasi festivalida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha mavsumdagi Rossiya oʻsmirlar chempionatida Dobrin Andrey Gryazevdan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi va shu bilan 2003-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va u yerda beshinchi oʻrinni oldi[1].

Sergey Dobrin 2004—2005-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Rossiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmaganiga qaramay (5-oʻrin) Moskvada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida mamlakatning „kattalar“ jamoasiga yozildi. Sergey Jahon chempionatida 17-oʻrinni egalladi[2].

2006—2007-yilgi mavsumda Sergey Rossiya chempionatida uchinchi va Yevropa chempionatida 15-oʻrinni egalladi[3].

Taʼlimi tahrir

Sergey Dobrin 2008-yilda Rossiya davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlagan.

Natijalari tahrir

2007-yildan keyin tahrir

Musobaqa 2007 — 2008 2008 — 2009 2009 — 2010
Rossiya chempionati WD 13 12
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 5

2007-yilgacha tahrir

Musobaqa 2000 — 2001 2001 — 2002 2002 — 2003 2003 — 2004 2004 — 2005 2005 — 2006 2006 — 2007
Jahon chempionatlari 17
Yevropa chempionati 15 18
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 12 5 8 3
Rossiya chempionati 9 7 6 5 3 3
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 1 6 2 2 3
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 10 8
Gran-pri bosqichlari: Trophee Erik Bompard 7 3
Finlandia Trophy 3

WD=tanlovni tark etgan

Manbalar tahrir

  1. „Сергей Добрин ушёл от Алексея Мишина“. 11-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2009-yil.
  2. Viktoriya Volchkova o svoix uchenikax[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  3. „ЧТО СО МНОЙ ПРОИСХОДИТ СЕЙЧАС? И ТАК, НАЧНЕМ ПО ПОРЯДКУ …“ (ruscha). sergeydobrin.ru (28-noyabr 2014-yil). 17-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.