Sergey Nikolayevich Karaulov (1984-yil 15-aprel, Guliston, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rossiyalik professional basketbolchi, markazda oʻynaydi. Bugungi kunda „Uralmash“ basketbol klubida oʻynaydi[1].

Sergey Karaulov
Erkin agent
Pozitsiyasi Markaz
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 15-aprel 1982-yil (1982-04-15) (42 yosh)
Guliston, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Millati Rus
Boʻyi 2.15 m (7 ft 1 in)
Vazni 115 kg (254 lb)
Karyera maʼlumoti
Oʻyin karyerasi 2001-hozirgacha
Karyerasi tarixi
2001—2002BCT Otrar Alma Ata
2002—2004Saxa-Yakutiya (Yakutsk)
2004—2006Ximki
2006—2007Samara
2007—2008Lokomotiv Rostov
2008—2009Nijniy Novgorod
2009—2011Samara
2011—2012Spartak Primorye
2012—2013Triumph Lyubertsy
2013—2014Ruskon-Mordovia Saransk
2014—2015Ural Yekaterinburg
2015—2019Temp-SUMZ-UGMK Revda
2019—2020Vostok-65
2020—2021Uralmash Yekaterinburg
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash Basketball-Reference.com saytida

Klublarda faoliyati tahrir

Sergey Karaulov Oʻzbekiston SSRning Guliston shahrida tugʻilgan. U 18 yoshida basketbol bilan shugʻullana boshlagan. Basketbol maydoni joylashgan hudud uyidan uzoq boʻlishiga qaramasdan, professional darajaga chiqish uchun har kuni mashgʻulotlarga borar edi. Bolaligida u turli sport turlari bilan shugʻullangan. Jumladan, tennis, shaxmat, suv polosi va boks kabi sport turlariga borgan[2]. Oʻrta maktabni tamomlagan Karaulov Guliston universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitet basketbol jamoasiga qoʻshildi va mashgʻulotlarida muntazam qatnashdi. Sergey Nikolayevich Karaulov 2001—2022-yillarda Qozog'istonning „BCT Otrar Alma Ata“ klubida, 2002—2004-yillarda „Saxa-Yakutiya (Yakutsk)“ klubida, 2004—2007-yillarda „Ximki“ klubida, 2006—2007-yillarda „CSK VVS-Samara“ klubida, 2007—2008-yillarda „Lokomotiv Rostov“ klubida, 2008—2009-yillarda „Nijniy Novgorod“ klubida, 2009—2011-yillarda „Samara“ klubida, 2011—2012-yillarda „Spartak-Primorye“ klubida, 2012—2013-yillarda „Triumph Lyubertsy“ klubida, 2013—2014-yillarda „Ruskon-Mordovia Saransk“ klubida, 2014—2015-yillarda „Ural Yekaterinburg“ klubida, 2015—2019-yillarda „Temp-SUMZ-UGMK Revda“ klubida, 2019—2020-yillarda „Vostok-65“ klubida oʻynagan[3][4].

NBA loyihasi tahrir

Sergey Karaulov 2004-yilgi NBA loyihasining ikkinchi bosqichida „San-Antonio Spurs“ jamoasi tomonidan 58-oʻrinda tanlab olingan.

Milliy terma jamoadagi faoliyati tahrir

Ikki fuqarolikka ega Karaulov O‘zbekiston yoki Rossiya terma jamoasini xalqaro terma jamoalar musobaqalarida himoya qilishi mumkin. 2001-yilgi ABC chempionatida Oʻzbekiston, 2007-yilgi yozgi Universiadada esa Rossiya terma jamoasi safida oʻynagan[5].

Manbalar tahrir

  1. „Uralmash tabs Sergey Karaulov“. eurobasket.com (2020-yil 30-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
  2. Интервью с Карауловым. Владимир Можайцев. «Спорт-Экспресс». 13 июля 2004
  3. Eurobasket.com. „Sergey Karaulov Profile“.
  4. Eurobasket.com. „TEMP-SUMZ Revda inks Sergey Karaulov“ (2015-yil 25-iyul). Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.
  5. Euroleague.net. „KARAULOV, SERGEY“.

Tashqi havolalar tahrir