Sergey Nikolayevich Ivanov (1922.11.4 – Sankt-Peterburg –1999.20.3) — rus turkiyshunosi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), filologiya fanlari doktori (1970), professor (1971). Leningrad universitetining sharq fakultetini tugatgan (1951). Buxoro pedagogika institutida oʻkdguvchi, rektor oʻrinbosari (1951—53), Leningrad universitetida oʻqituvchi (1953–71), kafedra mudiri (1972-yildan). I.ning ilmiy ishlari turkiy tillar grammatikasi, oʻzbek adabiy tili va tarjima nazariyasi masalalariga bagʻishlangan ("Oʻzbek tili sintaksisidan ocherklar", 1959; "Abulgʻozixonning "Shajarai turk"i. Grammatik ocherk", 1969; "Turktili grammatikasi kursi", 1–2 qism, 1975, 1977 va boshqalar.). I. Alisher Navoiyning yuzlab gʻazal, ruboiy, fard, qitʼa, tuyuqlarini rus tiliga tarjima qilgan. Shoirning rus tilida chiqqan 10 jildli (1968–70) asarlarida muharrir sifatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, I. Lutfiy, Gadoiy, Sakkokiy, Nodira, Muqimiy kabi mumtoz shoirlar bilan bir qatorda yangi adabiyotimiz vakillari Hamza, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Usmon Nosir, Uygun, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va b. shoirlar sheʼriyatidan namunalarni ham rus tiliga tarjima qilgan. Ivanov tarjimalari orasida ikki asar tarjimasi alohida diqqatga sazovor. Ulardan biri 11-asrning bukj madaniy yodgorligi hisoblanadigan Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" (1990-yilda tarjima qilingan) asari boʻlsa, ikkinchisi Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" (1970-yilda tarjima qilingan) dostonidir. Har ikki tarjima ham ilmiy jamoatchilik tomonidan yuksak baholangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil