Sergo Mixaylovich Sutyagin (1937.23.2, Moskva) — meʼmor. Tosh PI ni tugatgan (1960). 1960-yildan "Oʻzdavloyiha" ilmiy tadqiqot institutida ishlaydi. 1967-yildan shu Institutda 4arxitektura va qurilish boʻlimi (ASO4) bosh meʼmori. S. loyihasi asosida Oʻzbekistonda bunyod etilgan yirik jamoat binolari: Sanʼat saroyi (1964), uning 2kichik zali (1976), Chirchiqdagi "Turnalar" monumenti (1972, haykaltarosh Yu. Kiselyov), Dushanba shahridagi kinokonsert zali (1985, 2300 oʻrinli), Xivadagi Xorazm tarix muzeyi (Maʼmun akademiyasi, 1978—83), Qoʻqondagi musiqali drama teatri (1982—87) va Adabiyot muzeyi (1989— 90), Urganchdagi xalqaro aeroport (19992000) va boshqa Hamza (1965) va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari laureati (1991)[1].



  1. „„O‘zbekiston adabiyoti va san`ati" gazetasi 1991-yil 4-oktyabr kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotini berish to‘g‘risi”da "gi Farmoni Qaralgan sana=17.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).