Don Miguel de Cervantes Saavedra(miˈɣel ðe θerˈβantes saaˈβeðra; 29-sentabr, 154723-aprel, 1616) ispan yozuvchisi, shoiri va dramaturgi boʻlgan. Uning Don Kixot romani Gʻarb adabiyoti klassikasi hisoblanib, 65'dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

Miguel de Cervantes Saavedra
Tavalludi 29-sentyabr 1547-yil
Vafoti 23-aprel 1616-yil(1616-04-23)
(68 yoshda)
Madrid, Ispaniya
Ijod qilgan tillari Early Modern Spanish
Fuqaroligi ispan

U iyezuitlarning Valyadolida shahridagi kollegiyasida (1557—61), keyin Madridda tahsil koʻrgan. Papa muridlari bilan birga 1569-yilda Italiyaga borgan. Yevropa floti ning Lepanto yaqinida turklarga qar shi olib borgan jangida (1571-yil 7 oktyabr) yaralangan; vataniga qaytishda (1575) dengiz qaroqchilari qoʻliga tushib, Jazoirda 5 yil asirlikda yashagan.

S 1585-yil Madridda nashr etilgan "Galateya" romani bilan tanilgan. Shundan keyin u garchand 20—30 ta pyesa yozgan boʻlsada, bu asarlar izsiz ketgan. Qalam haqi evaziga turmush tebrata olmagan S. 1587-yilda Sevilyaga koʻchib borib, 1603-yilgacha dastlab harbiy, keyin oddiy fuqaro sifatida xizmat qilgan. Ispaniyaning eng yirik portlarida yashash va turli tabaqadagi kishilar bilan muloqotda boʻlish uning soʻnggi davr ijodiga katta taʼsir oʻtkazgan. 1602-yil Sevilya qamoqxonasida boshlagan "Don Kixot" romani (1-qismi) nashr etilishi bilanoq (1603) S. Yevropa miqyosida mashhur boʻlib ketadi. Romanning katta shovshuv qozonganiga havas va hasad qilgan A. Fernandes de Avelyaneda taxallusli qalamkash 1614-yilda "Don Kixot"ning soxta davomini yozib, nashr etadi. Bundan gʻazablangan S. 1615-yilda romanning haqiqiy davomi — 2-qismini eʼlon qiladi. S. "Don Kixot"ning har ikkala qismi orasida "Pandnoma hikoyalar" (1613) va "Parnasga sayohat" dostoni (1614)ni yozgan. "Persiles va Sixizmundaning sarguzashtlari" (1617-yil nashr etilgan) romani esa S.ning xastalik paytida yozib tugatgan soʻnggi asaridir. Umrining aksar qismi xorlik va zorlikda kechgan S. oʻlimi oldida rohiblikka oʻtgan.

S.ning adabiy merosida hajviy va ishqiy sheʼrlar, ishqiy qahramonlik va hayotiymaishiy mavzudagi drama va komediyalar hamda koʻplab hikoyalar mavjud. Bu asarlarga xos eng muhim holat va vaziyatlar, niyat va gʻoyalar "Don Kixot"da oʻzining yorqin badiiy tajassumini topgan. Asardagi taqdir bilan murosa qila olmaydigan, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashga shay boʻlgan qahramon obrazi oʻz iddizlari bilan 16-asrdagi ispan "yangi ritsar romanlari", shuningdek, Italiyadagi Uygʻonish davri dostonlari va choʻponlar xaqidagi koʻplab hikoyalarga borib taqaladi. Ammo S. bu asarlarga xos qahramon obrazini yaratish anʼanalarini davom ettirishni emas, balki oʻzi yashagan davrda keng tarqalgan "yangi ritsar romanlari" ustidan kulishni, ularga parodiya qilishni oʻziga maqsad qilib olgan. Ayni paytda S. voqelikka realist yozuvchi sifatida yondashib, insonparvarlik gʻoyalarini tarannum qilgan.

"Don Kixot" 19—20-asrlarga kelib olamshumul shuhrat qozondi. Xuddi shu davrlarda asarning tragikomik va umuminsoniy ahamiyati ilk bor kashf etildi; unda tasvirlangan ideal va real qodisalar, soxta qahramonlik bilan haqiqiy jasorat, orzuarmon bilan real voqelik oʻrtasidagi keskin farq shu asrlarda kechgan ijtimoiy poʻrtanalar va hayotiy vaziyatlardagi tanazzul mohiyatini oʻzida ifodalash qudratiga ega boʻldi. Ushbu roman asosida jahonning koʻpgina mamlakatlarida sahna (opera, balet, drama), kino (kinofilm, teleserial), musiqa (fantastik variatsiyalar) va tasviriy sanʼat (qaykal va boshqalar) asarlari yaratilgan.

Manbalar tahrir

  • Don Kixotning sarguzashtlari, T., 1990.

Adabiyot tahrir

  • Frank B., Servantes, M., 1960; Dias — Plaxa G., Ot Servantesa do nashix dney, M., 1981.

Havolalar tahrir