Seth Griffith (talaffuzi: Set Griffit) (1993-yil 4-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey hujumchisi. Seth Griffith hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „Bakersfield Condors“ xokkey klubi bilan oʻynaydi.

Seth Griffith
Griffith Boston Bruins klubida 2014-yil
Tugʻilgan joyi 4-yanvar 1993-yil (1993-01-04) (31 yosh)
Wallaceburg, Ontario, Kanada
Boʻyi 5 ft 9 in (175 cm)
Ogʻirligi 191 lb (87 kg; 13 st 9 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Edmonton Oilers
Boston Bruins
Toronto Maple Leafs
Florida Panthers
Buffalo Sabres
Bakersfield Condors
NHLga kirish drafti 131-oʻrindagi tanlov, 2012
Boston Bruins
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Seth Griffith dastlab Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili "London Knights" xokkey klubi bilan xokkey oʻynagan. Jamoa bilan Seth Griffith ketma-ket ikkita OHL chempionatida gʻolib chiqqan. Shu tariqa Seth Griffith ikkita Memorial kubogi turnirida qatnashagan[1].

Seth Griffithning NHLdagi birinchi goli 2014-yil 21-oktyabrda "San Jose Sharks" xokkey klubi darvozaboni Antti Niemi darvozasiga joylangan[2].

Seth Griffith 2015—2016-yilgi mavsumda ajoyib oʻyinlar koʻrsatdi, buning natijasida u ligada gol urish boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan (shuningdek, u assistentlik boʻyicha birinchi boʻlgan). Seth Griffith jami 57 oʻyinda 77 ochko toʻplagan. Shundan soʻng, Seth Griffith 2016-yil 24-mayda klub bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolagan[3].

2016—2017-yilgi mavsum arafasida Seth Griffith "Toronto Maple Leafs" xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan[4][5]. „Leafs“ klubi bosh direktori yordamchisi Mark Hunter edi. Hunter ilgari Seth Griffith bilan „London Knights“ xokkey klubida ishlagan[6]. 2016-yil 12-noyabrda Seth Griffith "Florida Panthers" xokkey klubi safiga qoʻshilgan[7].

2017-yilning 1-iyulida Seth Griffith „Buffalo Sabres“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik, bir tomonlama 650 000 dollarlik shartnoma imzoladi[8]. Seth Griffith 2017—2018-yilgi mavsum davomida klub safida 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ochko toʻplashga muvaffaq boʻlgan.

„Sabres“ klubini tark etganidan soʻng, Seth Griffith erkin agent sifatida 2018-yil 1-iyulda „Winnipeg Jets“ jamoasiga bir yillik ikki tomonlama 650 000 dollarlik shartnoma asosida qo‘shilgan[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 Chatham Maroons GOJHL 1 0 0 0 0
2009—2010 St. Marys Lincolns GOJHL 49 43 35 78 56 5 6 3 9 4
2009—2010 London Knights OHL 17 2 1 3 2 10 4 3 7 2
2010—2011 London Knights OHL 68 22 40 62 28 6 3 4 7 6
2011—2012 London Knights OHL 68 45 40 85 49 19 10 13 23 12
2012—2013 London Knights OHL 54 33 48 81 52 21 9 16 25 14
2013—2014 Providence Bruins AHL 69 20 30 50 28 12 4 7 11 8
2014—2015 Providence Bruins AHL 39 12 19 31 12 5 2 3 5 0
2014—2015 Boston Bruins NHL 30 6 4 10 6
2015—2016 Providence Bruins AHL 57 24 53 77 32 3 1 2 3 6
2015—2016 Boston Bruins NHL 4 0 1 1 4
2016—2017 Toronto Maple Leafs NHL 3 0 0 0 0
2016—2017 Florida Panthers NHL 21 0 5 5 8
2016—2017 Toronto Marlies AHL 38 10 34 44 36 11 2 7 9 4
2017—2018 Buffalo Sabres NHL 21 2 1 3 6
2017—2018 Rochester Americans AHL 46 15 26 41 26 3 0 4 4 4
2018—2019 Manitoba Moose AHL 69 16 41 57 30
2019—2020 Manitoba Moose AHL 58 21 20 41 28
2020—2021 Bakersfield Condors AHL 39 10 18 28 8 6 3 4 7 10
2021—2022 Bakersfield Condors AHL 64 30 50 80 54 5 1 1 2 4
2021—2022 Edmonton Oilers NHL 1 0 0 0 0
NHL jami 80 8 11 19 24

Manbalar tahrir

  1. „Griffith Named OHL First Team All-Star“. cksn.ca (2013-yil 2-may). Qaraldi: 2013-yil 2-may.
  2. „Bruins' Seth Griffith Nets First NHL Goal, Celebrates In Style (Video)“ (2014-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  3. „Bruins Sign Kevan Miller To A Four-Year Contract Extension; Sign Seth Griffith To A One-Year, Two-Way Contract Extension“. Boston Bruins (2016-yil 24-may). Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
  4. „Bruins waive Griffith, Randell, and Schaller“. Stanley Cup of Chowder (2016-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
  5. „Maple Leafs claim Seth Griffith on waivers from Bruins“. pensionplanpuppets.com (2016-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
  6. „Leafs claim former Bruins prospect Seth Griffith off waivers“. CBC News (2016-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
  7. „Panthers claim forward Seth Griffith from Toronto“. Florida Panthers (2016-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  8. „Sabres, Griffith agree to one-year deal“. Buffalo Sabres (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  9. „Jets sign three players“. Winnipeg Jets (2018-yil 1-iyul). Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.