Setse pashshasi
Setse pashshasi (Glossina) - kalta moʻylovli ikki qanotli hasharotlar urugʻi. Uzunligi 9–14 mm. Jagʻ paypaslagichlari uzun va keng, sanchib soʻruvchi xartumi uzun. 20 ga yaqin turi tropik va subtropik Afrikaning nam oʻrmonlarida tarqalgan. Tirik tugʻadi. Tugʻilgan qurtlari darrov gʻumbakka aylanadi. Bir qancha turlari ogʻir kasallik qoʻzgʻatuvchi tripanosomalarni yuqtiradi. Setse pashshasining 3 turi ogʻir uyqu kasalligi tripanosomasini (kasallikdan har yili minglab kishilar halok boʻladi), boshqa ikki turi uy hayvonlarida kasallik tugʻdiradigan tripanosomalarni yuqtiradi. Setse pashshasiga qarshi har xil pestitsidlar yordamida olib borilgan kurash choralari unchalik samara bermadi, lekin flora va faunaga katta ziyon yetkazdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |