Sey Jan Batist
SEY (Say) Jan Batist (1767.5.1, Lion — 1832.15.11, Parij) — fransuz iktisodchisi, tadbirkor, yirik burjuaziya mafkurachisi, erkin savdo va davlatning iktisodiyotga aralashmaslik tarafdori. S. 1819-yilda Sanʼat va hunarmandlik milliy konservatoriyasida sanoat iqtisodiyoti kafedrasini boshqardi, 1831-yildan Kollej de Fransda siyosiy iqtisod professor A. Smit taʼlimotini targab etish va uni toʻliq izohlash bahonasida S. ustozining gʻoyalarini rivojlantirdi va toʻldirdi. S. iqtisodchilardan birinchi boʻlib boylikning mehnat nazariyasini naflilikka asoslangan subyektiv nazariya bilan almashtirishga urindi. U ishlab chiqarish. omillari nazariyasini asoslab qiymatni yaratish jarayonida mehnat, kapital va tabiat (koʻproq yer)ning teng ishtiroki gʻoyasini ilgari surdi. Ishlab chiqarish.ning omili narxi undan ishlab chikariladigan tovar narxi bilan, oxiroqibatda bu tovarga boʻlgan talab bilan belgilanadi. S. umumiy tovarlar ortikchaligi mavjud boʻlishi imkoniyatlarini inkor etadi. S. tomonidan ishlab chiqarish (taklif) oʻziga mos isteʼmol (talab)ni yuzaga keltirishi asoslangan bozorlar nazariyasi (bozorlar qonuni; "Sey qonuni" deb ham ataladi) taʼriflab berildi. Asosiy asarlari: "Siyosiy iqtisod risolasi" (1903), "Siyosiy iqtisod katexizisi" (1917), 6 jildli "Siyosiy iqtisod kursi" (1828 — 1830), "Toʻliq amaliy siyosiy iqtisod kursi" (1829) va boshqa Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida roʻy beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-maʼnaviy mohiyatga ega; «goʻzal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qoʻzgʻatish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi va estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |