Sezar Akgul (1988-yil 27-aprelda Turkiyaning Amasiya hududida tavallud topgan) — Turkiyalik erkin kurashchi.

Sezar Akgul

Sezar Akgul (tepada) va mo'g'ulistonlik kurashchi Batbold Sodnomdash 2017-yilgi erkin kurash bo'yicha Jahon kubogida
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi Andoza:1988-yil 27-aprel
Amasya, Turkiya
Sport
Qaysi sport Sport kurashi
Medallar

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" class="adr" | Turkiya bayrogʻi Turkiya vakili

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" | Erkaklar Erkin kurash

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Jahon chempionati Andoza:MedalBronza 2 Kumush

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Yevropa chempionati Andoza:Medalbronza Andoza:Medalbronza Andoza:Medalbronza

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Oʻrtayer dengizi oʻyinlari

|-

| style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:gold" | Oltin|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2009-yil Peskara|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 55 kg

Sezar Akgul 2007-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha Yevropa chempionatida[1] va yana 2008-yilda Finlandiyaning Tampere shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan[2]. Sezar Akgul2009-yilgi FILA kurash bo'yicha jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritib, terma jamoasiga o'z hissasini qo'shgan[3].

Sezar Akgul 2008-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarida erkaklar o'rtasida 55 kg vazn toifasida 1/8 finalda u yaponiyalik Tomohiro Matsunagaga yutqazib qo'ygan. Takrorlash raundida senegallik Adama Diatta ustidan g'alaba qozonib, Dilshod Mansurov (O'zbekiston)ga imkoniyatni boy berganligini ko'rishimiz mumkin.

2009-yilda Italiyaning Peskara shahrida bo'lib o'tgan O'rta yer dengizi o'yinlarida erkin uslubda 55 kg vazn toifasida barcha raqiblarini ishonchli tarzda yutib, oltin medalga sazovor bo'lgan[4].

2013yilda Sezar Akgu Gruziyaning Tbilisi shahrida bo'lib o'tgan chempionatda o'zining Yevropa bronza medalini qo'lga kiritgan[5]. 2013-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida Sezar Akgu bronza medalini qoʻlga kiritib, medallari sonini yana bittaga ko'paytirgan[6].

2015-yil iyun oyida Sezar Akgu ilk Yevropa oʻyinlarida Turkiya uchun kurash boʻyicha, aniqrogʻi, erkaklar oʻrtasida 57 kilogramm vazn toifasida erkin kurash boʻyicha ishtirok etgan, hamda bronza medaliga sazovor bo'lgan.

Manbalar tahrir

  1. „Serbest güreşte bronz yağmuru“ (Turkish). Sabah Spor (2007-yil 22-aprel). Qaraldi: 2013-yil 22-mart.
  2. „Şahin altına uçtu“ (Turkish). Milliyet Spor (2008-yil 2-aprel). Qaraldi: 2013-yil 22-mart.
  3. „Sezar Akgül'den gümüş madalya“ (Turkish). Sabah Spor (2009-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 22-mart.
  4. „Serbest güreşte Akgül'den altın madalya“ (Turkish). NTV MSNBC (2009-yil 28-iyun). Qaraldi: 2013-yil 22-mart.
  5. „Minderde çifte bronz“ (Turkish). Sabah Spor (2013-yil 20-mart). Qaraldi: 2013-yil 22-aprel.
  6. „2013 Senior World Championship“. FILA. 2013-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-sentyabr.