Sferik trigonometriya
(Sferik Trigonometriyadan yoʻnaltirildi)
Sferik trigonometriya — matematika ning sferik uchburchaklarning tomonlari bilan burchaklari orasidagi bogʻlanishni urganuvchi bulimi. St. tekislik trigonometriyasidan ancha oldin vujudga kelgan. Toʻgʻri burchakli sferik uchburchaklarni yechish bilan yunon matematiklaridan Menelay (1-asr) va Ptolemey (2-asr) shugʻullangan. Ixtiyoriy sferik uchburchaklarning asosiy formulalarini oʻrta asr Sharqi olimlaridan Ibn Iroq va Abulvafo topgan. Sferik uchburchaklarni yechishning barcha hollarini Nasriddin Tusiy oʻrgangan (yana qarang Sferik geometriya).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |