Sfinks, Sfinksga — 1) yunon mifologiyasidagi qanotli yarim ayol, yarim urgʻochi sher; Fiva yaqinidagi qoya ustida yashab, yoʻlovchilarga topib boʻlmaydigan topishmoq aytib javob ololmagach, ularni yegan. Sfinks topishmogʻi ("Kim ertalab 4 oyoqlab, tushda 2 oyoqlab, kechqurun 3 oyoqlab yuradi?") javobini Edip topgan (uning javobi: "Inson bolalikda 4 oyoqlab, ulgʻayganda 2 oyoqlab va keksayganda 3 oyoqlab yuradi"); shu javobdan soʻng Sfinks qoyadan oʻzini tashlagan; 2) Qadimgi Misrda tanasi sherniki, kallasi odamniki (baʼzan hayvonniki) boʻlgan afsonaviy maxluq haykali.

Shuningdek, sfinks ichida hech kim bilmaydigan sir yashiradigan yoki ichida alami bo'la turib doim kulib yuradigan kishilarni ta'riflash uchun ishlatiladigan so'z ham sanaladi ("Davinchining siri" kitobidan).




Sfinks so'zi yunonchadan olingan bo'lib bo'gish de'gan ma'noni anglatadi.