Shahadat Hussain (1893-1953) hind bengal tilida ijod qiluvchi shoir va adib.

Shahadat Hussain
Tugʻilgan 1893 yil
Oʻlgan 1953 yil (yosh 59 – 60)

Millati hind
Kasb-hunar Shoir

Biografiya

tahrir

Shahadat Hussain Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya qismidagi Chabbish Paragana shahrida tugʻilgan. 1915-yilda Hussain Bani Sommiloniyda shoirlik olamiga kirib keldi va ilk sh’erlarini chop eta boshladi. 1931-yilda Shahadat Hussain, Kalkuttadagi Ein Omanno Andolon shaharchasida Britaniya hukumatiga qarshi harakatda ishtirok etdi hamda baʼzi siyosatga qarshi gaplar aytdi, shu sababli ham, Shahadat Hussain uch oylik qamoq jazosiga hukm etildi[1]

Ishlari

tahrir

Shahadat Hussain shoir, yozuvchi, dramaturg va qissa singari badiiy uslublarda ijod qiluvchi bengal adiblaridan biri edi[1]. U Rabindranat Tagorning yozganlaridan ilhomlangan holda oʻz asarlarini yaratgan.

Sheʼriyat

tahrir

Shahadat Hussainning Mridongo, Kolpolexa, Rupochanda, Modhuchanda nomli sheʼriy kitoblari nashrdan chiqqan va hind xalqi tomonidan ijobiy baholangan[2].

Romanlar

tahrir

Shahadat Hussain shuningdek bir qator romanlar muallifi hamdir. Jumladan, uning Morur Kusum, Xiron Rekha, Parer Pothe, Pother dekha singari asarlari bir necha nusxada bosmadan chiqqan. Shahadat Hussainning Shiri Farhad, Laili Majnu va Yousuf Julaykha singari dostonlari ayniqsa mashhur boʻlgan. Shahadat Hussain garchi xamsachilik anʼanalariga munosib tarzda xamsa asarini yaratmagan boʻlsa ham, uning asosiy uch romaniga munosib tarzda hindiycha romanlarini yozgan[1].

Dramalar

tahrir

Shahadat Hussainning Sorforaj Xon, Anar Koli, Masnader Moho singari birqator tarixiy dramalari ham mavjud.

Bolalar uchun yozgan asarlari

tahrir

Shahadat Hussain bolalar uchun ham kitoblar yaratgan. Ayniqsa uning Mohon Vog, Cheleder Golpo, Gulbadan va Jahanara nomli kitoblari, maktab oʻquvchilari va kichik yoshdagi bolalar uchun eng yaxshi kitoblar sirasiga kiradi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Anjali Basu. {{{title}}} (bn). Sahitya Samsad, 1976. 
  2. „Shahadat Hussaini kitoblari“. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.