Shahar telefon tarmogʻi
Shahar telefon tarmogʻi - muayyan shahar hududida joylashgan abonentlar (aholi, korxona va muassasalar) orasida, shuningdek, boshqa shaharlar bilan telefon aloqa oʻrnatishni taʼminlovchi telefon styalari va liniya qurilmalari majmui. Shahar telefon styasi, boshqa styalar, abonent liniyalari, telefon apparatlarini oʻzaro ulovchi liniyalardan iborat.
SH.t.t. guruhlashtirilmagan (agar shaharda bitta stya boʻlsa) va guruhlashtirilgan (bir nechta stya boʻlsa) boʻladi. Shahar telefon tarmogʻit. tizimiga korxona yoki muassasalarga xizmat koʻrsatuvchi kommutator qurilmalari ham kiradi. Kichik hajmli (bir necha ming nomerli) guruhlashtirilgan Shahar telefon tarmogʻit.da har bir guruh (tuman) avtomat telefon styalari (TATS) oʻzaro ulanadi va har qaysi TATS shaharlararo avtomatik telefon stya (SHATS) ga chiqish liniyasi orqali ulanadi.
Oʻzbekistonda Toshkent (Toshkent telegraftelefon styasi) va Nukus shahrilarida, barcha viloyatlar markazlarida Shahar telefon tarmogʻit. mavjud. Ularning faoliyatini "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi boshqarib turadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |