Shahbulag masjidi
Shahbulag masjidi (ozarbayjoncha: Şahbulaq məscidi, 1751–1752) – Ozarbayjonning Agdam viloyati Shohbuloq hududida joylashgan tarixiy va meʼmoriy yodgorlik[1]. Masjid Panah Alixon buyrugʻi bilan 1751–1752-yillarda qurilgan.
Tuzilishi
tahrirShahbulag masjidi butunlay mahalliy ohaktoshdan qurilgan boʻlib, uchta ustunli balkon va ibodatxonadan iborat. Balkonlar bir juft tosh ustunlar bilan mustahkamlangan. Ibodatxona toʻrtburchak boʻlganligi uchun shifti ichki tomondan gumbaz shakliga ega boʻlib, tashqi tomondan tomga yangi qoplama materiallari qoʻshilgan holda ikki qiyalikdan iborat. Bu yomgʻir suvlarining toʻgʻridan-toʻgʻri oqimi uchun qulay sharoitlar yaratish uchun yaratilgan[2].
Masjid devorining umumiy qalinligi bir metrga yetadi. Masjidning reja oʻlchamlari 9,38x7,18 metr. Masjid qiya yerga qurilgani uchun uning orqa tarafidan tomgacha boʻlgan masofasi 4,37 metr, old tarafida esa 5,40 metrgacha[3][4].
Shahbulag masjidi meʼmoriy jihatdan sodda boʻlishiga qaramay, u Qorabogʻdagi koʻplab masjidlarda koʻrilgan meʼmor Karbalayi Safixon Qorabogʻiy ijodining namunasidir.
Agʻdamning Papravənd qishlogʻidagi masjidda Shohbulogʻ masjidining meʼmoriy gʻoyasi davom etmoqda[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „QARABAĞ ABİDƏLƏRİ“ (az). anl.az. 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
- ↑ „Qarabağdakı ibadət evləri: ermənilər indi orada donuz saxlayırlar“ (az). modern.az. 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
- ↑ „Qarabağdakı ibadət evləri: ermənilər indi orada donuz saxlayırlar“ (az). modern.az. 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
- ↑ Каменные Стражи (ru). Баку: IRS Publishing House, 2018.
- ↑ „Qarabağdakı ibadət evləri: ermənilər indi orada donuz saxlayırlar“ (az). modern.az. 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.