Masjid
Shahidlar masjidi
ozarbayjoncha: Şəhidlər məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Hudud Boku
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik 1990—hozirga qadar
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Holati amaldagi

Shahidlar masjidi (ozarbayjoncha: Şəhidlər məscidi), xalq orasida Turk masjidi nomi bilan ham tanilgan[1], Ozarbayjonning Boku shahrida, Shahidlar yoʻli yaqinida joylashgan masjid. 1990-yillar boshida Turkiya hukumati koʻmagida qurilgan[2]. Hozirda masjiddan Turkiya elchixonasi diniy attashesining rasmiy qarorgohi sifatida foydalaniladi[2]. 2009-yildan beri masjidda qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda[2].

Shahidlar masjidi fasadida Qur’oni Karimning „Baqara“ surasi 154-oyati arab va turk tillarida bitilgan:

„Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni „oʻliklar“ demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz“.

Manbalar

tahrir
  1. Turkish Mosque In Baku Closed For 'Repairs'. Radio Liberty/Radio Free Europe. 28 April 2009.
  2. 2,0 2,1 2,2 Bayram Balci „Azerbaijan“, . Yearbook of Muslims in Europe Jørgen Nielsen: . BRILL, 2012. ISBN 9789004225213. 

40°21′31.03″N 49°49′40.06″E / 40.3586194°N 49.8277944°E / 40.3586194; 49.8277944