Shahnoz — 1) Oʻn ikki maqom tizimida olti ovozaning biri; 2) GulyorShahnoz turkumining ikkinchi ashulasi. Uning asosida "Fargʻonacha Shahnoz" ashulasi ham yaratilgan, M. Mahmudov uni yakkaxon xonanda, xor va orkestr uchun "Vatan Shahnozi" nomi bilan qayta ishlagan.