Shahobiddin Qirg‘izov
Shahobiddin Mirzaraimovich Qirgʻizov (1950-yil 26-oktyabr, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor.
Shahobiddin Qirg‘izov | |
---|---|
Tavalludi |
26-oktyabr 1950-yil Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Andijon davlat universiteti |
Taʼlimi | Andijon davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | kimyo fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirShahobiddin Qirgʻizov 1950-yil 26-oktyabr Andijon shahrida tugʻilgan[1][2]. 1968—1973-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti kimyo-biologiya fakultetida oʻqigan. 1973—1975-yillarda Shahrixon tumanidagi oʻrta maktabda kimyo-biologia fani oʻqituvchisi, 1975—1978-yillarda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi oʻrta maktabda kimyo-biologiya fani oʻqituvchisi, 1978—1986-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining biokimyo kafedirasida katta laborant, assistent, 1986— 1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti markaziy ilmiy tekshirish laboratoriasida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1989-yilda ustozi Asqarov Ibrohimjon Rahmonovich birgalikda qilingan ixtiro uchun SSSR ixtirochilar va ratsionalizator jamiyati tomonidan „SSSR ixtirochisi“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1993-yildan Andijon davlat universiteti kimyo fakulteti organik va umumiy kimyo kafedrasida assistent boʻlib ishlagan. 1995—2003-yillarda Andijon viloyati bojxona boshqarmasida viloyatlararo bojxona ekspertiza laboratoriyasida laboratoriya boshligʻi[2] boʻlib ishlagan hamda bojxona xizmati mayori unvoniga ega boʻlgan. 2003-yildan Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Oilasi
tahrirOilali, 4 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirShahobiddin Qirgʻizov ilmiy faoliyati davomida 3 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta patent, 2 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 oʻquv uslubiy qoʻllanma, 2 ta monografiya, 360 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].