Shahzoda (qoʻshiqchi)
Shahzoda, haqiqiy ismi sharifi Zilola Bahodirovna Musayeva (1979-yil28-iyulda tugʻilgan) – oʻzbek aktrisasi va pop qoʻshiqchisi[1][2], „Shuhrat“ medali sohibasi.
Shahzoda (qoʻshiqchi) | |
---|---|
Shahzoda 2012-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Musayeva Zilola Bahodirovna 28-iyul 1979-yil |
Janrlar | Pop |
Faoliyat yillari | 1999 – bugun |
Guruhlari | Jonim |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Amplua | vokal |
Mukofotlari | |
Veb-sayt | shahzoda.uz |
Biografiyasi
tahrir- 1979-yilning 28-iyul kuni tavallud topgan[3].
- 1980-yildan to 1987-yilgacha otasining Moskvada oʻz ish faoliyatini yuritganligi sababli butun oila aʼzolari bilan u yerda turishgan. 1987-yil Toshkent shahriga qaytib keldi. 5 – sinfgacha u 80 – oʻrta maktabda tahsil oldi keyin esa 307 – gimnaziya maktabiga oʻtkazildi. Aynan shu yerda u Natella (Aziza Halilova) bilan tanishib olgan. Shu yildan boshlab ularing doʻstligi boshlangan. 1997-yilda u aʼlo baholar bilan maktabni bitirdi.
- 1999-yili Kiyev Davlat Universitetiga kirdi, lekin musiqa sanʼati ustun olib u oʻqishni tashlab yubordi. Shu yili taniqli aranjirovkachi hamda bastakor Vagif Zokirov Zilola bilan Natellaga „Jonim“ guruhini tashkil qilish taklifini berdi. Birinchi ikki oy davomida „Oʻtib ketadi“ deb nomlangan albomi yozib bitirildi. Soʻngra yangi hitga aylangan „Qarama koʻzlarimga“ deb nomlangan qoʻshigʻiga BVS studiyasi tomonidan klip suratga tushirildi.
- 2000-yilda „Jonim“ guruhi oʻz faoliyatini tugatdi.
- 2001-yildan boshlab „Tarona Records“ kompaniyasi Zilola Musayevaga oʻz ish faoliyatini Shahzoda taxallusi ostida davom etirish taklif qildi. Shu kungacha Shahzoda „Tarona Records“ kompaniyasi bilan ishlab kelmoqda. Rayhon bilan ijodda va hayotda haqiqiy doʻst.
2023-yildan eʼtiboran Oʻzbekistonda faoliyatini boshlagan yetakchi onlayn-marketpleys „Uzum Market“ning brend-ambassadori sifatida tanildi.
Oilasi
tahrir- Onasi, Mirixta Musayeva – filolog (rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi).
- Otasi, Bahodir Musayev – falsafa fanlari doktori.
- Akasi, Erkin Musayev – tadbirkor.
- Turmush oʻrtogʻi, Ravshanbek Jumanazarovich Yoʻldoshev – Tarona Records studiyasi asoschisi va rahbari[4].
- Oʻgʻillari – Xolid va Solih Yoʻldoshevlar.
Filmografiyasi
tahrirFilmlari
tahrirYil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2000 | Tohir va Zuhra yangi talqin | Zuhra | Musiqiy film |
2004 | Sevinch | Nargiza | |
Xavfli burilish | Shahzoda | Kameo | |
Sarvinoz | Sarvinoz | ||
2005 | Fotima va Zuhra | Zuhra | |
2006 | Voy dod sumalak | Zilola | Musiqiy film |
2007 | Zumrad va Qimmat | Zumrad | |
2010 | Majruh | Sevara | |
2011 | Nafs | Shahzoda | Kameo |
2012 | O Maryam, Maryam | Maryam | |
2016 | Sharofatxonning kelinlari yoxud Navroʻz muborak | Shahzoda | Musiqiy film |
Diskografiyasi
tahrirYil | Albom |
---|---|
2002 | Bor ekan |
2003 | Baxt boʻladi |
2004 | Keragimsan |
2005 | Baxtliman |
2006 | Faqat sen |
2007 | Assalomu alaykum |
2009 | Sevgi bor |
2009 | Unutmadim |
2009 | Mejdu nebom i zemley |
2010 | Tilayman |
2011 | Qora koʻzlaring |
2013 | Bu muhabbat |
2014 | Sen menga kerak |
2015 | Rahmat hayot |
2016 | Xasta |
2017 | Yomgʻir |
2019 | Sogʻinib |
Kliplari
tahrirYil | Qoʻshiq | Rejissyor |
---|---|---|
2000 | „Oʻtib ketadi“ (Aziza Jonim bilan) | |
2002 | „Yurak sezar“ | |
„Baxt boʻladi (Bor ekan)“ | ||
2003 | „Umr gʻanimat“ | |
2004 | „Keragimsan“ | Timur Qodirov |
2005 | „Baxtliman“ | Yodgor Nosirov |
„Qayt“ (Shohruh bilan) | ||
„Hayot ayt“ | ||
2006 | „Birinchi sevgi“ (Shahriyor bilan) | Yodgor Nosirov |
„Faqat sen“ | Yodgor Nosirov | |
„Kechalar“ | Jasur Shametov | |
„Yoʻq-yoʻq“ | Jasur Shametov | |
2007 | „Arman“ | |
„Assalomu alaykum“ | Yodgor Nosirov | |
„Ayirma“ | Jasur Shametov | |
„Orzular“ | Jasur Shametov | |
„Paxtakor“ | Yodgor Nosirov | |
„Ogni Almati“ | Jasur Shametov | |
„Erkala“ | Nahrom Berdiyev | |
2008 | „Tisyacha i odna noch“ | Bahodir Yuldashev |
„Quchgin“ | Jasur Shametov | |
„Unutmadim“ | Jasur Shametov | |
2009 | „Toʻrt qadam“ | Abduvohid Gʻaniyev |
„Ol yuragimni“ | Jasur Shametov | |
„Mejdu nebom i zemley“ (DJ Smash bilan) | Pavel Khudyakov | |
2010 | „Layli va Majnun“ | Jasur Shametov |
„Nagʻzme binam“ | Jasur Shametov | |
„Tilayman“ | ||
„Lyublyu tebya“ | Pavel Khudyakov | |
2011 | „Qora koʻzlaring“ | Yodgor Nosirov |
„Yoqasan“ | Jasur Shametov | |
„Vse tolko nachinaetsya“ | ||
2012 | „Bahor“ | Jasur Shametov |
„Flying Tonight“ (Sean Bay bilan) | Mustafa Mahdi | |
„Ishon“ | Akbar Turdiyev | |
„Ayt“ | Calin Moraru | |
„Habibi“ | Yodgor Nosirov | |
„Toʻkilib“ | Yodgor Nosirov | |
„Qoʻllar tepaga“ | Yodgor Nosirov | |
„Tirikmanmi?“ | Yodgor Nosirov | |
2013 | „Bu muhabbat“ | Aleksandr Syutkin |
„Chicco“ | Sanjar Matkarimov | |
„Hands in the Air“ | Yodgor Nosirov | |
„Shoshma“ (Shohruhxon bilan) | Sarvar Isayev | |
„Davay do svidaniya“ | ||
„Kak bez tebya“ | ||
„Medlenno“ | Aleksandr Syutkin | |
„Moy zolotoy“ (Costi Ioniță bilan) | Aleksandr Syutkin | |
2014 | „Qaynona“ | Yodgor Nosirov |
„Sen menga kerak“ | ||
„Yor-Yorlar“ | Yodgor Nosirov | |
„Yurak“ | Javlon Turdixoʻjayev | |
„Malo li“ | ||
„Shunchaki“ | „Benom Media“ jamoasi | |
„Habibi (Ulibnis i vse OK)“ (Faydee va Dr. Costi bilan) | ||
2015 | „Super Lady (Bari Gal)“ (Jasur Gaipov bilan) | Yodgor Nosirov |
„Ayrilamiz“ | „Benom Media“ jamoasi | |
„Chiccita (Chicco 2)“ | Javlon Turdixoʻjayev, Sarvar Isayev, Izzatulla Lutfullayev | |
„Mon cheri“ | Timur Primqulov | |
„Rashk“ (Ulugʻbek Rahmatullayev bilan) | Yodgor Nosirov | |
„Maqtanchoq“ (Bojalar bilan) | ||
„Déjà vu“ | Yodgor Nosirov | |
„Moe chudo“ | ||
„Hırka“ (Sinan Akçıl bilan) | Timur Primqulov | |
2016 | „Sirdoshim“ | |
„Ket“ (Shohruh bilan)ket | ||
„Oʻzbegim“ | „Benom Media“ jamoasi | |
„Linda“ (TWO bilan) | ||
„Xasta“ | Benom Media | |
„Pari“ | ||
„Allo“ (Shohruhxon bilan) | Yodgor Nosirov | |
"Ming shukur" | ||
2017 | „Kuyov va kelinchak“ | |
„Billionaire“ (Dr. Costi bilan) | ||
„Yomgʻir“ | ||
„Chinara“ (Farrux Zokirov bilan) | Jamshid Hojiniyozov | |
2018 | „Aldagan sen“ | |
„Jajji qizaloq“ | ||
„Men oʻsha“ | ||
„Hijo de ladrones“ (Avi Benedi bilan) | ||
„Sogʻinib“ | ||
„Yana yomgʻir“ | ||
2020 | „Balki“ | |
„Mayli“ | ||
„Alla“ |
Sovrinlari
tahrir- „Tarona Taqdimoti – 2003“ marosimining – „Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi“ hamda „Yilning eng yahshi ayol qoʻshiqchisi“ nominatsiyalari sovrindori, 2003
- „Tarona Taqdimoti – 2004“ marosimining – „Yilning eng yaxshi albomi“ nominatsiyasi sovrindori, 2004
- „Tarona Taqdimoti – 2005“ marosimining – „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasi sovrindori, Keragimsan qoʻshigʻi uchun, 2005
- Shuhrat medali, 2006
- „Tarona Taqdimoti – 2006“ marosimining „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasi sovrindori, Kechalari yoqimli qoʻshigʻi uchun, 2006
- „Big Apple Music Awards“ mukofoti (New York shahrida), „Markaziy Osiyo va Kavkazning eng yaxshi artisti“ sifatida, 2010
- WORLD FASHION AWARDS 2010 mukofoti (Moskva shahrida), (Dj Smash bilan) „Yilning eng yaxshi videoklipi“ nominatsiyasi sovrindori, 2010
- „Tarona Taqdimoti – 2014“ marosimining „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasi sovrindori, Shunchaki qoʻshigʻi uchun, 2014
Manbalar
tahrir- ↑ „Шахзода: биография, фото, личная жизнь“. www.repost.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Шахзода“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Shahzoda: O‘zbekistonning eng mashhur qo‘shiqchisi biografiyasi, shaxsiy hayoti va so‘nggi yangiliklar haqida“. www.toping.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Shahzodaning turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi“. www.qalampir.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Shahzoda (qoʻshiqchi) mavzusiga oid fayllar bor. |
- Shahzoda. Rasmiy sayt (Wayback Machine saytida 2018-09-03 sanasida arxivlangan)
- Shahzodani biografiyasi