Shahzodaning xayriya tashkilotlari
Asoschi(lar)i | Shahzoda Charlz, Uels shahzodasi, Shahzoda xayriya tashkilotlarining direktori |
---|
Shahzodaning xayriya tashkilotlari Uels shahzodasi Charlz bilan hamkorlik qiladigan notijorat tashkilotdir. Shahzodaninng Xayriya Fondi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Shahzodaning xayriya tashkilotlari Buyuk Britaniyada joylashgan boʻlib, Uels shahzodasi homiysi yoki prezidenti boʻlgan 19 ta tashkilotni oʻz ichiga oladi; ulardan 18-siga shaxsan Charlz asos solgan.[1]
Shahzodaning xayriya tashkilotlari
tahrirTuzilishi
tahrirKoʻpgina xayriya tashkilotlari bir-biridan mustaqil holatda faoliyat olib boradi va ularning har biri oʻzlariga tegishli kengash tomonidan boshqariladi. Uels shahzodasi barcha xayriya tashkilotlarining prezidenti hisoblanadi va ularning 17 tasiga asos solgan; ammo, prezident sifatida, u jalb qilingan xayriya tashkilotlari uchun arbob va jamoat yuzi hisoblanadi va hech qanday qonuniy javobgarlikka ega emas.[2] Shahzoda xayriya tashkilotining maqsadi „jamoaning umumiy samaradorligini oshirish, ularning uzoq muddatli muvaffaqiyati va barqarorligini taʼminlashga barcha uchun umumiy boʻlgan kuchli tomonlarga asoslanish“.[3] Ofis xarajatlari Shahzodaning xayriya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadi.[4]
2010-yil kuzida shahzoda Charlz „Harmony: A New Way of Looking at Our World “ kitobini nashr etdi va ushbu xayriya tashkilotlarining koʻpchiligining tamoyillari va ularning bosh gʻoyalarini ifodalovchi film suratga oldi.[5]
Rivojlanish
tahrir2003 va 2004 yillar davomida Uels shahzodasi ofisida shahzoda Charlzning xayriya ishlari bilan shugʻullanish uchun kichik ofis tashkil etildi. Ser unvoniga ega Tom Shebbir Charlz alohida iltimosiga koʻra xayriya tashkilotlari direktori lavozimini egalladi, buning sababi esa u 16 ta operativ xayriya tashkilotining rivojlanishi va yaxshi boshqaruvi uchun alohida mas'uliyat bilan xizmat qilgan edi.[6] Keyingi yilga kelib, tashkilotga "Shahzodaning xayriya tashkilotlari" nomli yangi nom berildi va Xayriya ofisi jamoa uchun yangi qonun-qoida va tartiblarni ishlab chiqdi.[7] Clarence House -da tashkil etilgan xayriya idorasi 2008-yilda sakkiz nafar toʻliq vaqtli xodim bilan ish boshlagan.[3] Ushbu xayriya tashkilotlari Buyuk Britaniyadagi eng yirik koʻp maqsadli xayriya korxonasini tashkil qiladi[8] va 38 mamlakatda hamkorlikda ishlaydi. Ular birgalikda har yili taxminan 150 million funt sterling yigʻadilar.[9][10]
Mustaqil xayriya tashkilotlari bilan bir qatorda, Charlz bir qator alohida xayriya tashabbuslarini tashkil etdi, jumladan, Mosaic, musulmon yoshlar uchun murabbiylik aktsiyasi; Buyuk Britaniyaning jun sanoatini qoʻllab-quvvatlash uchun Shahzodaning loyihasi; START, barqaror hayotni rivojlantirishga yordam berish; Kembriy togʻlari tashabbusi, Uels hududida iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash; va tropik oʻrmonlarni himoya qilish uchun Shahzodaning yomgʻirli oʻrmonlari loyihasi. 2011-yilda Pokistonni tiklash jamgʻarmasi ishlab chiqilgan boʻlib, u 2010-yilda ushbu mamlakatda kuzatilgan suv toshqinlardan keyin mamlakatni tiklashni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan.
Shahzodaning xayriya jamoasi xayriya tashkilotlari
tahrirShahzoda xayriya jamoasi xayriya tashkilotlari koʻpincha ular ishtirok etadigan xayriya faoliyati sohalariga koʻra guruhlanadi.[11]; Imkoniyatlar va tashkilot nomlari
- The Princeʼs Trust
- The Prince's Trust International
- The Prince's Trust Australia
- The Prince's Trust Canada
- The Prince's Trust New Zealand
- The Prince's Trust America
- The Princeʼs Scottish Youth Business Trust
- PRIME
- PRIME Cymru
- The Princeʼs Youth Business International
- The British Asian Trust
- Youth Business Scotland; Taʼlim boʻyicha
- Shahzoda chizmachilik maktabi
- Shahzoda anʼanaviy sanʼat maktabi
- Shahzoda oʻqitish instituti
- Shahzodaning bolalar va sanʼat fondi; Atrof-muhit boʻyicha
- The Great Steward of Scotland's Dumfries House Trust (renamed The Princeʼs Foundation in 2018)
- The Princeʼs Foundation for the Built Environment (merged into The Princeʼs Foundation in 2018)[12]
- The Princeʼs Regeneration Trust (merged into The Princeʼs Foundation in 2018)[12]
- The Turquoise Mountain Foundation; Mas'uliyatli biznes va tabiiy muhit boʻyicha
- The Princeʼs Countryside Fund
- Business in the Community
- Scottish Business in the Community
- The Cambridge Institute for Sustainability Leadership
- Arts & Business
- In Kind Direct; Yopiq xayriya tashkilotlari
- Integratsiyalashgan salomatlik uchun shahzoda fondi
Shahzodaning xayriya jamgʻarmasi
tahrirShahzodaning xayriya jamgʻarmasi ham bir qancha shoʻba kompaniyalariga ega, jumladan: Duchy Originals Ltd, Princeʼs Charities Events va Traditional Arts Ltd.[13] ''Highgrove Shop' AG Carrick kompaniyasining bir qismidir.
Manbalar
tahrir- ↑ „Personal Profiles > The Prince of Wales > At Work > The Prince's Charities“. Office of the Prince of Wales. Qaraldi: 14-aprel 2012-yil.
- ↑ „Personal Profiles > The Prince of Wales > At Work > The Prince's Charities“. Office of the Prince of Wales. Qaraldi: 14-aprel 2012-yil."Personal Profiles > The Prince of Wales > At Work > The Prince's Charities". Office of the Prince of Wales. Retrieved 14 April 2012.
- ↑ 3,0 3,1 Guardian Society Jobs Vacancies The Princeʼs Charities, „The Guardian“, 9 July 2008
- ↑ „The Prince of Wales and The Duchess of Cornwall Annual Review 2008“. 13-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2008-yil.
- ↑ „Harmony: A New Way of Looking at Our World“. The Prince of Wales. Qaraldi: 7-may 2011-yil.
- ↑ „StratREAL Foundation“. Qaraldi: 4-avgust 2008-yil.
- ↑ „The Prince of Wales Annual Review 2005“. 13-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2008-yil.
- ↑ „About Highgrove“. highgroveshop.com. 24-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
- ↑ „The Prince Of Wales speaks at the GQ Awards: 'Thank you to GQ magazine for doing this. I am hugely grateful'“. GQ. Qaraldi: 19-dekabr 2018-yil.
- ↑ „About Us“. The Prince's Charities Canada. Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ „The Prince's Charities“. The Prince of Wales. Qaraldi: 7-may 2011-yil.
- ↑ 12,0 12,1 Quinn. „Prince of Wales charity launches inquiry into ʻcash for access’ claims“. The Guardian (29-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-avgust 2021-yil.
- ↑ „The Prince's Charities Foundation Accounts 2006/7“. 21-noyabr 1996-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2022-yil.