Shakarpalak
Shakarpalak — oʻrtapishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot intida Fargʻona vodiysining mahalliy navidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan (bu navning P.N. Dudko tomonidan yaxshilangan Oq Sh. 554 va K.I. Pangalo va M.K. Goldgauzen tomonidan yaxshilangan Qizil Sh. xillari bor). Mevasi uzun tuxumsimon, oʻrtacha kattalikda, uz. 26—32 sm, ogʻirligi 2–4 kg. Sirti tekis, toʻri yirik katakli, oʻrtacha dagʻal. Rangi och yashil. Poʻsti qattiq, etining qalinligi 4—4,5 sm, oq, muloyim, karsillaydi, juda shirin, xushboʻy, tarkibida 8—14% qand, 10—17% quruq modda bor. Urugʻi unib chiqqanidan keyin hosili 75—90 kunda pishadi.
Hosildorligi 200—250 s/ga. Fuzarioz (oqpalak) kasalligiga nisbatan chidamli. Tashishga va uzok, joylarga yuborishga yarokli. 1948-yilda davlat reyestriga kiritilgan. Oʻrtapishar navlar orasida eng yaxshi saqlanadi, sifatli qoqi olinadi. Andijon, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ekiladi.
Abdulaziz Abbosov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |