Shamkor sulhi — 1401-yil sentabrda Gruziya shohi George VII (talaffuzi: Georgiy VII) va Temuriylar saltanati hukmdori Amir Temur oʻrtasida tuzilgan, bir necha oylarga amal qilingan sulh.

Shamkor sulhining tuzilishiga Amir Temurning Gruziyaga qilgan yurishi sabab boʻlgan edi. 1401-yil oxirida Amir Temur yettinchi marotaba Gruziya podsholigiga bostirib kiradi. George VII ({talaffuzi: Georgiy VII) muzokaralar olib borishga majbur boʻladi va shu sababdan akasi Constantine I (talaffuzi: Konstantin I) ni Amir Temur huzuriga yuboradi. Amir Temur Usmonlilar davlatiga qarshi urushga tayyorgarlik koʻrayotgan va Gruziyadagi mavjud vaziyatni qatʼiy hamda aniq hal etish uchun urushdan qaytib kelgunicha muzokaralarni toʻxtamoqchi edi.

Shunday qilib, Amir Temur George VII bilan quyidagi shartlar asosida sulh tuzish muzokaralari olib borgan[1]

Gruziya quyidagi:

  • har yili oʻlpon toʻlash;
  • Amir Temur qoʻshinini askarlar bilan toʻldirish va uning yurishlarida ishtirok etishini taʼminlash;
  • Amir Temur qoʻshini tranzitiga ruxsat berish va Gruziya yoʻllarida harakatlanish erkinligini himoya qilish;
  • Gruziyadagi musulmonlar uchun alohida imtiyozlar ajratish[2];
  • musulmon hududlarida xristianlikni targʻib qilmaslik majburiyatlarni oladi.

Buning evaziga Amir Temur Gruziyaga tinchlik va daxlsizlikni vaʼda qiladi. Amir Temur bir necha marotaba Gruziyaga yurishlar qilgan boʻlsa-da, u hech qachon bu mamlakatni musulmon qila olmaydi va oxir-oqibat Gruziyani nasroniy davlati sifatida tan olishga majbur boʻlgan.

Amir Temur Gruziya elchilarini chiroyli liboslar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlaydi. Shunga qaramay, Amir Temur baʼzi choralarini koʻrib qoʻyadi va kelishuvni buzadi: u Tortumdagi Gruziya garnizoniga hujum qilib, uning qal’asini vayron qiladi hamda bir nechta oʻljalarni qoʻlga kiritadi[3]. Garchi Amir Temur Gruziya ustidan qatʼiy nazorat oʻrnata olmagan boʻlsa-da, mamlakat hech qachon tiklana olmaydigan zarbani oldi.

Manbalar

tahrir
  1. Donald Rayfield. Edge of Empires: A History of Georgia (ingliz tilida). London: Reaktion Books, 2012 — 150-bet. ISBN 1780230303. .
  2. Martin Sicker. The Islamic World in Ascendancy: From the Arab Conquests to the Siege of Vienna (ingliz tilida). Praeger, 2000 — 155-bet. .
  3. Vladimir Minorsky. E. J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913–1936. "Tiflis", 1993 — 757-bet. ISBN 90-04-08265-4.