Shammos ibn Usmon Muhammad -alayhissalomning sahobalaridan bo‘lib, hijratdan 31 yil avval Makkada tug‘ilgan. Islomni qabul qilgan va Habashistonga hijrat qilgan. “Shammos” uning taxallusi bo‘lib, ismi aslida otasining ismiga o‘xshab Usmon edi, lekin yuzining yorqinligi uchun “Shammos” deb nom olgan. Shammosning onasi Islomdan oldingi davrdagi Quraysh boshliqlaridan Utba va Shayba ibn Rabialarning singlisi Safiyya bint Rabia ibn Abdushshams ibn Abdumanof edi.

Shammos Habashistondan Makkaga qaytib, keyin Yasribga hijrat qiladi. U Muhammad alayhissalom bilan birga Badr va Uhud janglarida ishtirok etgan. Uhud jangida u Muhammad alayhissalomni himoya qilgan va u og‘ir yaralangan. Jangdan keyin Shammosni amakivachchasi Ummu Salamaning uyiga olib ketishadi va shu yerda u 34 yoshida vafot etadi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) uni Uhudga olib borishni va u yerda halok bo‘lgan kiyimida dafn qilishni buyuradilar.

[1].

Manbalar tahrir

  1. USC-MSA Compendium of Muslim Texts Archived 2006-07-15 at the Wayback Machine