Shamshod
Shamshod (Buxus) — shamshoddoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turkumi. Janubiy Sharqiy va Sharqiy Osiyoda, Oʻrta dengiz atroflarida, Hindistonda, Sokorta va Madagaskar o.larida hamda Afrikada ularning 40 dan ortiq (baʼzi maʼlumotlarga qaraganda 70) turi tarqalgan. Kserofil butazorlarda, barg toʻkadigan, aralash oʻrmonlarning eng pastki qismida oʻsadi. Barglari ellipssimon yoki dumaloq, qalin. Gullari mayda, bir jinsli, toʻpgulga yigʻilgan, xushboʻy. Erta koʻklamda gullaydi. Chetdan changlanadi. Mevasi uch uyali koʻsakcha, urugʻlari qora, yaltiroq. Sh. ning 2 ta noyob (relikt) turi: kol xida Sh. i (V. colchica) Gʻarb. Zakavkazyeda va girkan Sh. i (B.hyrcana) Talishda usadi. Uning 4 turi introduksiyalashgan boʻlib, ulardan yashil Sh. (V. sempervirens) Oʻzbekistonda ham oʻstiriladi. Serbarg buta yoki barglari yaltiroq daraxt. Juda sekin oʻsadi (300—400 yoshli daraxtining boʻyi 20 m dan oshmaydi). Qattiq sariq yogʻochidan musiqa asboblari, sovgʻalar uchun turli mayda oʻymakorlik mahsulotlari tayyorlanadi. Shahar sharoitiga chidamli. Urugʻidan, koʻproq qalamchalaridan koʻpaytiriladi. Manzarali oʻsimlik sifatida xiyobonlarda oʻstiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |