Shamsiddin Muhammad Hakim Keshiy
Shamsiddin Muhammad Hakim Keshiy Keshda tugʻilgan olim, sufiy va orif deb taʼriflangan. Allomaning yashashi va faoliyati koʻproq Eronda boʻlgan. Uning „Kitob al-hodi fi-n-nahv“ nomli arab tili grammatikasiga oid asari boʻlgan va bundan tashqari asarlari hamda sheʼriy qasidasi ham boʻlganligi manbalarda keltirilgan. Allomaning shogirdlari talaygina boʻlib, Qutbiddin Mahmud ibn Masʼud ibn Muslah Sheroziy ham uning shogirdlaridan boʻlgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Муҳаммад Н. Насаф ва кеш алломалари. – Т.: Ғ. Ғулом, 2006. – Б.29.