Shamsiya (arabcha quyosh yili)— Quyoshning Yer atrofida yillik koʻrinma aylanish davri — tropik yil. Ushbu yil Quyosh kalendarini tuzishda asos qilib olinadi va ular shamsiy (yoki quyosh) kalendari deyiladi (qarang Kalendar).

ShАMSIYa. Xalvatiya va bayramiya tariqatlaridagi shoxobcha nomi. Sirojiddin (yoki Zohiriddin) U m a r ibn Аkmaluddin Lahjiy Xilvatiy (vaf. 1397 y.) asos

solgan va sunniy tariqatlar sirasiga kiritiladigan tariqat. Shimoli-gʼarbiy Eronda tashkil topgan xalvatiya keyinchalik toʼrt asosiy shoxobchaga boʼlingan va keyin ulardan yuzaga kelgan shoʼʼbalar tashkil topgan. Ular ravshaniya, jamoliya, ahmadiya va shamsiya. Shamsiyaning asoschisi Shamsiddin Аhmad Sivosiy (vaf. 1597 y.) Sivos hududida faoliyat koʼrsatgan. Bu shoʼʼba Аbdulahad Nuriy Sivosiy (vaf. 1650 y.) tomonidan Istanbulda keng tarqalgani uchun u yerda sivosiya deb ham atalgan. Yana bir «shamsiya» shoxobchasi esa onadoʼlilik mashhur tasavvuf namoyondasi Hoji Bayram Valiy (vaf. 1430 y.) tomonidan asos solingan bayramiya tariqatiga tegishli. Bayramiya tariqati asosan uch shoxobchaga boʼlingan: shamsiya-bayramiya, malomiyayi-bayramiya va jalvatiya. Ularning birinchisi Hoji Bayramning eng ilgʼor muridi, Sulton Fotih Muhammadxonning ustozi Oqshamsiddin davom ettirgan tarmoq. Bayramiyaning anʼanalari asosan shamsiya va uning tarmogʼi boʼlgan himmatiya tarmogʼida davom etgan. Bu tariqat shia va botiniylikdan taʼsirlanmagan. Bu tarmoqdan tannuriya. himmatiya va isaviya shoxobchalari tarqalgan. Bu tarmoqda jahriy zikr qilinadi. Hoji Bayramdan asar qolmagani va bu tariqatning aksar nazariy asoslari Oq Shamsiddin tomonidan yozilgani ham qayd qilinadi. Аdabiyotlar [1][2] [3] [4] [5] [6] [7] [8]

Manbalar

tahrir
  1. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
  2. Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
  3. Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
  4. Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
  5. Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
  6. Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
  7. Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
  8. Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.